17:00 / 25.07.2020
2 846

Munosabatlarni mustahkamlovchi oddiy, lekin ahamiyatli jumlalar

Munosabatlarni mustahkamlovchi oddiy, lekin ahamiyatli jumlalar
Foto: Getty Images
Quyidagi jumlalar istalgan munosabatlarning mustahkam bo‘lishi va suhbatdoshda yaxshi taassurot qolishiga sababchi bo‘ladi.

Yordam kerakmi?
Turli tushunmovchilik va bahslarga ikkinchi tomonning mavjud muammoga yechim topmasligi va topishni istamasligi sabab bo‘ladi. Qars ikki qo‘ldan chiqishi kerakligini inobatga olgan holda qarshingizdagi insonga nima qilish kerakligini o‘rgatguncha unga yordam taklif qiling. Yordam berishga shaylik mard insonlarga xos. Faqat bir narsani unutmang, yordam berish istagi yoki xohishni his qilmay, shunchaki aytilishi kerak bo‘lgani uchun aravani quruq ochib qochish yaramaydi, bu esa munosabatlarning samimiy emasligidan dalolat beradi

Bu haqda sizning fikringiz qanday?
Qarshingizdagi inson sizning juftingiz, oila a’zongiz, do‘stingiz yoki hamkasbingiz bo‘lishidan qat’i nazar, umumiy mavzu haqida gap ketganda uning fikri bilan qiziqing. Sizga kerakligi, fikri muhimligini bilgan insonda o‘ziga ishonch paydo bo‘ladi va siz bilan aloqalari yaxshilanishiga olib keladi.

Uzr so‘rayman
Istalgan munosabatda ham xatosini bilish va tan olish muhim sanaladi. Haqiqatan ham ayb sizdan o‘tdimi, uzringizni so‘rang.

Keling, bu haqda unutamiz
Kechirimli bo‘lish ham bir fazilat, ayniqsa, shaxsiy munosabatlarda. Lekin kechirilishi mumkin bo‘lgan va bo‘lmagan vaziyatlarni farqlang va vaqtida qadringizni bilgan holda ish tuting. Asosiysi esa kechirgandek tuyilib, o‘zingizni aldab yashamasdan chin dildan afv eting.

Sizsiz nima ham qilolgan bo‘lardim?
Har bir inson uchun uni qadrlashlari va hurmat qilishlarini eshitish, asosiysi esa his qilish yoqimli. Qarshingizdagi insonning siz uchun ahamiyatli ekanini bildiring, lekin ko‘pirtirmang va tilyog‘lamalik qilmang. Rostan ham his qilgan tuyg‘ularingizni anglating, o‘zingizni ham, boshqa insonni ham aldamang.

Ismini aytib chaqirish
Inson ismini aytib murojaat qilinishi va suhbat davomida qayta-qayta takrorlanishi, suhbatdoshda ishonch, simpatiya va boshqa ijtimoiy emotsiyalarni his qilishga sababchi bo‘lishi psixologik jihatdan isbotlangan. Faqat shart bo‘lmagan joyda qayta-qayta ism aytilishi asabbuzarlikni keltirib chiqarishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munosabatlarni mustahkamlovchi oddiy, lekin ahamiyatli jumlalar