Amerikalik xonanda Marayya Kerining Rojdestvo obrazidagi yangi Barbie qo‘g‘irchog‘i sotuvga chiqdi

1 daqiqa o'qish3
Amerikalik xonanda Marayya Kerining Rojdestvo obrazidagi yangi Barbie qo‘g‘irchog‘i sotuvga chiqdi

Amerikalik mashhur xonanda Marayya Keri (Mariah Carey) muxlislari uchun yana bir o‘ziga xos sovg‘a taqdim etildi. Xonanda obrazidan ilhomlanib yaratilgan yangi Rojdestvo Barbie qo‘g‘irchog‘i 2026 yil 18 noyabr kuni sotuvga chiqarildi.

Bu Marayya Keriga bag‘ishlangan bayramona uslubdagi ikkinchi Barbie qo‘g‘irchog‘i hisoblanadi. Uning dizayni xonandaning 1994 yilda chiqarilgan «Merry Christmas» albomi muqovasidagi mashhur obraziga asoslangan.

Qo‘g‘irchoq qizil baxmal kombinezonda tasvirlangan bo‘lib, libosining chetlari oq mo‘ynali hoshiyalar bilan bezatilgan. Obraz qora etiklar, xonandaning o‘ziga xos kapalak shaklidagi uzugi hamda «MC» bosh harflari tushirilgan mikrofon bilan to‘ldirilgan.

Yangi Barbie qo‘g‘irchog‘ining narxi 80 dollar etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Marayya Keriga bag‘ishlangan ilk Barbie qo‘g‘irchog‘i 2023 yilda taqdim etilgan edi. U muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otib, dastlabki partiyasi atigi 24 soat ichida sotilib ketgan.

Yangi qo‘g‘irchoq esa xonandaning Rojdestvo bilan bog‘liq mashhur obrazini kolleksion buyum sifatida qayta gavdalantirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?