"Muzlik davri 6" multfilmining ilk to‘liq treyleri namoyish etildi (video)

Disney kompaniyasi mashhur «Muzlik davri» animatsion franshizasining oltinchi qismi — «Muzlik davri 6: Qaynash nuqtasi» (Ice Age: Boiling Point) multfilmining ilk to‘liq treylerini taqdim etdi. Yangi filmning chiqishi animatsion turkum muxlislari orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Mazkur loyiha Disney kompaniyasi 20th Century Fox studiyasini sotib olganidan keyin asosiy franshiza doirasida ishlab chiqarilgan ilk yangi qism hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda ushbu olamga oid «Muzlik davri: Bakning sarguzashtlari» to‘liq metrajli multfilmi hamda «Skrat sarguzashtlari» qisqa metrajli animatsion seriallari namoyish etilgan edi.
Yangi multfilmda tomoshabinlar sevimli qahramonlari — mamont Menni, yalqov Sid va yo‘lbars Diyego bilan yana uchrashadi. Quvonarlisi, ularga avvalgi qismlarda ovoz bergan aktyorlar yana o‘z rollariga qaytmoqda:
-Rey Romano — mamont Menni;
-Jon Leguizamo — yalqov Sid;
-Denis Liri — yo‘lbars Diyego.
«Muzlik davri 6: Qaynash nuqtasi» filmining AQSH kinoteatrlarida namoyish etilishi 2027 yil 5 fevralga rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, franshizaning avvalgi asosiy qismi — «Muzlik davri: Muqarrar to‘qnashuv» 2016 yilda ekranlarga chiqqan edi. Oradan o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tib, mashhur qahramonlar yana katta ekranga qaytishga tayyorlanmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…