05:43 / 15.08.2020
3 738

Mevalar vazn tashlashga qanday to‘sqinlik qiladi?

Mevalar vazn tashlashga qanday to‘sqinlik qiladi?
Mevalar salomatlik uchun foydali va vazn tashlash uchun ayni muddao deb o‘ylaydiganlar fikri Harper’s Bazaar e’lon qilgan quyidagi ma’lumotdan keyin o‘zgarishi aniq.

Jigar faoliyatiga ta’sir qiladi

Har qanday parhezning asosiy qoidalaridan biri iste’molda shakar miqdorini kamaytirish hisoblanadi. Mevalar esa vazn yo‘qotishga qarshilik qiladigan fruktozaning koni bo‘ladi shu sabab mevalar bilan parhez qilinganda istalgan maqsadga erishmaslik mumkin. Organizmda fruktozani qayta ishlashga jigar javob beradi va agar uning salomatligida muammolar bo‘ladigan bo‘lsa, iste’mol qilingan mevalar organizmda yog‘ga aylanadi.

Ortiqcha uglevod

Sog‘lom odamga kuniga 100 grammdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda uglevod iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Mevalar esa uglevodga boy bo‘ladi, masalan, bir dona bananda — 27, olmada taxminan — 30 kaloriya bo‘ladi. Bu esa olma va bananni bir vaqtda iste’mol qilib siz kunlik norma bo‘yicha 84 foiz kaloriya qabul qilganingizdan dalolat beradi.

Nima qilish kerak?

Agar siz mevali parhez qiladigan yoki ularni zararsiz deb hisoblaydiganlardan bo‘lsangiz, unda o‘zingiz bilmagan holda kuniga ortiqcha 400 kaloriya iste’mol qilgan bo‘lasiz. Bu mevalarni ratsiondan olib tashlash kerak ekanligini bildirmaydi. Shunchaki me’yorni biling va iloji boricha rezavor hamda mevalardan chernika, qulupnay, kivi, olxo‘ri, shaftoli va kichik olmalarni iste’mol qiling.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mevalar vazn tashlashga qanday to‘sqinlik qiladi?