12:35 / 30.08.2020
5 770

Nafas yetishmovchiligi qanday kasallikning belgisi?

Nafas yetishmovchiligi qanday kasallikning belgisi?
Foto: «Domashniy ochag»
Nafas yetishmovchiligi doimo ogohlantiruvchi belgi hisoblanadi. Agar turli mashqlardan keyin nafas siqilishi kuzatilsa, unda jismoniy harakat organizmda qiyinchilik tug‘dirgan bo‘ladi. Bordi-yu, hech qanday harakatsiz nafas qisishi ro‘y bersa, darhol shifokorga ko‘rinish tavsiya etiladi.

Nafas yetishmovchiligi pnevmoniya (harorat ko‘tarilmaydigani) yurak xastaligi, o‘smalar, shuningdek, xavfli o‘smalar, o‘pka gipertenziyasi va barcha yurakni to‘xtatishga olib keladigan kasallik belgilari bo‘lishi mumkin.

O‘pka arterial gipertenziyasi nima?
O‘pka arterial gipertenziyasi juda keng tarqalgan kasallik turiga kirmaydi, milliontadan 10-15 kishiga to‘g‘ri keladi. Lekin u har qanday yoshda boshlanishi mumkin. Ko‘pincha 30 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan ayollarga ta’sir qilishi kuzatiladi. Ularning ko‘pchiligi bu kasalikka birinchi marta homiladorlik vaqtida uchraydi. O‘pka gipertenziyasida yurakdan o‘pkaga olib boruvchi tomirlarda qon bosimi juda tez va keskin darajada ko‘tariladi. Shu sababli yurak kuchaygan zo‘riqish bilan ishlaydi va vaqtida choralar ko‘rilmasa, yurak to‘xtab qolishi ham mumkin.

Bu xavflimi?
Juda ham. Agar kasallik o‘z vaqtida aniqlanmasa va davolash ishlari boshlanmasa, odamning yuragi istalgan vaqtda to‘xtab qolishi ham mumkin. Bunday holat yuzaga kelmaganda ham, yurakning faqat o‘ng tomoni zo‘riqishi tufayli yurak mushagi tomirlari va to‘qimalari ishdan chiqadi va yurak-qon tomir tizimi kasalliklari xavfi ortadi.

Yana qanday alomatlarga e’tiborli bo‘lish kerak?
Nafas siqlishi asosiy, ammo o‘pka gipertenziyadagi rivojlanishiga hamroh bo‘ladigan yagona alomat emas. Masalan, charchoqning kuchayishi, agar to‘satdan bo‘lsa, shuningdek, kelib chiqishi noma’lum yo‘tal, tez va davriy puls, tez-tez bosh aylanishi va hushdan ketish kabi alomatlar ham kasallikdan ogohlantirayotgan bo‘lishi mumkin.

Kasallikdan gumon qilinganda nima qilish kerak?
Eng avvalo, umumiy-amaliyot shifokori bilan uchrashish va qabulda barcha alomatlar haqida to‘liq ma’lumot berish kerak. Shifokor rentgen natijalarini olishi zarur. Shuningdek, yurakning harakatlanuvchi tasvirini olish va uning o‘ng tomonini tekshirish uchun exokardiogrammaga murojaat qilish mumkin. Oxirgi tekshiruv o‘pka tomirlaridagi qon bosimini o‘lchash va va tashxisni tasdiqlash imkoniyatini beradi.

Kasallikning davosi bormi?
Afsuski, o‘pka arterial gipertenziyasini butunlay davolash mumkin emas, u paydo bo‘ldimi, bas, kasallik abadiy qoladi. Ammo zamonaviy dorilar qon tomirlarining tiqilib qolishi va bosimning oshishiga olib keladigan jarayonlarni kamaytiradi. Hattoki butunlay to‘xtatishi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nafas yetishmovchiligi qanday kasallikning belgisi?