16:30 / 03.10.2020
3 156

Rux moddasi yetishmasligi va koronavirus bilan kasallanish xavfi yuqori ekanidan darak beruvchi belgilar

Rux moddasi yetishmasligi va koronavirus bilan kasallanish xavfi yuqori ekanidan darak beruvchi belgilar
Foto: Getty Images
Yevropa klinik mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar jamiyatining konferensiyasida taqdim qilingan tadqiqot natijalarida qonda rux moddasining kam bo‘lishi koronavirusga chalinish xavfi yuqori ekanligi, shuningdek, yuqtirib olingan taqdirda qiyin kechishi va hatto oqibati o‘lim bilan tugashiga bog‘liq degan xulosaga kelingan.

Rux moddasi va koronavirus o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
Immunitetning viruslarga qarshi kurashish qobiliyati rux moddasining qondagi konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.

Tadqiqot mualliflari COVID-19 tashxisi bilan shifoxonaga kelgan 249 nafar bemorni o‘rgangan. Bemorlar o‘rtacha 63 yoshda, ularning 55 foizi erkak bo‘lgan. Koronavirusdan vafot etgan bemorlarning deyarli barchasida tirik qolganlarga nisbatan rux moddasi miqdori kam ekanligi aniqlangan. Tadqiqotchilar rux moddasi miqdori va koronavirusni yengish imkoniyatini baholashga ham muvaffaq bo‘lgan. Unda ma’lum bo‘lishicha, qondagi rux moddasining har qo‘shimcha mikrogrammi koronavirusdan vafot etish xavfini 7 foizga kamaytiradi.

Rux moddasi yetishmasligini qanday aniqlash mumkin?
Kuniga 12-15 milligramm rux moddasi qabul qilinishi kerak. Ovqat va mahsulotlarni iste’mol qilish orqali organizm me’yordan 20-40 foiz ruxga ega bo‘ladi qolgan me’yor esa shifokor ko‘rsatmasiga binoan boshqa manbalardan o‘zlashtirilishi kerak. Afsuski, rux moddasi yetishmasligini ifodalaydigan simptomlar mavjud emas, shu sabab ham vaqti-vaqti bilan biokimyoviy qon tahlili orqali aniqlashtirish kerak bo‘ladi. Biroq rux moddasi yetishmaganida ba’zi belgilar kuzatilishi mumkin.

Ularning ko‘p tarqalgani quyidagilardan iborat:
- tez-tez shamollash va immunitetning susayishi;
- yara, shilinish va boshqa jarohatlarning yaxshi bitmasligi;
- tirnoqlarning mo‘rtligi va sinishi;
- qaltirash (asosan qo‘lda);
- asabiylashish va tez g‘azablanish;
- harakatning bir-biriga nomuvofiqligi;
- soch to‘kilishi;
- hid va ta’m bilmaslik;
- stomatit;
- qorong‘ida ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi;
- boshni qazg‘oq bosishi;
- qo‘lga allergik toshma toshishi;
- ishtaha yomonlashishi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Rux moddasi yetishmasligi va koronavirus bilan kasallanish xavfi yuqori ekanidan darak beruvchi belgilar