Jizzaxda 10 yashar bola zo‘rlangani yuzasidan yangi tafsilotlar ochiqlandi

Jizzaxda 10 yashar bola zo‘rlangani yuzasidan yangi tafsilotlar ochiqlandi

Avvalroq Jizzax shahrida 10 yashar bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani va gumon qilinuvchi keyinchalik vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holati aniqlangan. Bu haqda jabrlanuvchining yaqin qarindoshi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma’lum qilgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha surishtiruv va tergov harakatlari davom etmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumon qilinuvchi A.R. protsessual harakatlardan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan.

Tergov doirasida voqeaning barcha tafsilotlari, jumladan, hodisa bilan bog‘liq boshqa holatlar ham o‘rganilmoqda. Shuningdek, tayinlangan ekspertiza natijalari kutilmoqda.

5 oktyabr kuni voyaga yetmagan bolaga Jizzax shahar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan keys ochilgan. Bola dastlabki baholashdan o‘tkazilib, unga psixologik yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilgan.

Ayni vaqtda voyaga yetmagan bola xavfsiz joyga joylashtirilgan. Uning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xavfsizligini ta’minlash hamda ruhiy holatini barqarorlashtirish bo‘yicha zarur choralar amalga oshirilmoqda.

Ekspertiza xulosasi olingach, uning natijalari asosida qo‘shimcha choralar belgilanishi ma’lum qilindi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar