
Foto: RBK
«MedSwiss» markazi vrach-otolaringologi Abdullo Xodjayev koronavirus infeksiyasini yuqtirgandan so‘ng yo‘qolgan hid bilishni qanday tiklash kerakligi haqida o‘z tavsiyalarini berdi. Bu haqda RBK yozmoqda.
Mutaxassis aytishicha, avvalo burun sohasida joylashgan nerv tolalariga havo kirishini ta’minlash kerak.
«Vazokonstriktor dorilar, tomchilardan foydalanish, burun bo‘shlig‘ini muntazam yuvish tavsiya etiladi, dengiz tuzidan namakobni o‘zingiz ham tayyorlashingiz mumkin. Xonadagi namlikning me’yorda bo‘lishiga ham e’tibor bering», — dedi mutaxassis.
Xodjayev nerv hujayralari tiklanishi uchun V guruhi vitaminlari va polivitaminlarni qabul qilish zarurligini ham ta’kidladi. Qolaversa, to‘g‘ri ovqatlanish, ko‘p suv ichish kerak va aksincha, nikotin va alkogoldan voz kechgan ma’qul. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar