15:25 / 01.11.2020
3 225

Immunitetni o‘ldirish: Bizni kasalliklar oldida ojiz qilib qo‘yadigan 5 ta odat

Immunitetni o‘ldirish: Bizni kasalliklar oldida ojiz qilib qo‘yadigan 5 ta odat
Foto: Getty Images
Hadeb kasal bo‘lavermaslik uchun immunitet yuqori bo‘lishi kerak. Kundalik turmushdagi ayrim odatlar esa immun tizimini susaytirib, kasaldan bosh chiqmaslikka olib keladi.

Tiniqib uxlamaslik
Tungi uyqu vaqtida nafaqat tana va miya, balki kun davomida duch kelgan yangi bakteriya va viruslarga duch kelgan immun tizimi ham yangilanadi, kuchga to‘ladi. Uxlamaganda esa bunday bo‘lmaydi va turli kasallik va viruslardan himoyalanish susayadi. Pflugers Archiv jurnalida yozilishicha, immun tizimi ishdan chiqishi uchun 6 kun uxlamaslik kifoya qiladi. Ushbu muddatdan keyin organizm emlanishlarga javob berishi qiyinlashadi, ORVI va grippga tez-tez chalinadi, undan davolanish uchun uzoq vaqt kerak bo‘ladi.

Sport bilan shug‘ullanmaslik
Britaniyaning sport tibbiyoti jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda yozilishicha, hafta davomida bir marta yoki umuman sport bilan shug‘ullanmaydiganlarning kasallikdan tuzalishi uchun odatdagidan 42 foiz ko‘p vaqt ketgan, shuningdek, simptomlar og‘ir kechgan. Bundan kun davomida yengil jismoniy mashqlarni bajarish ham immun tizimini mustahkamlashi mumkin, degan xulosaga kelish mumkin.

Yog‘li taomlarni haddan ortiq iste’mol qilish
Tarkibida to‘yingan yog‘lar ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish organizmda yallig‘lanish jarayonlarini rivojlantirishi, immun tizimiga ta’sir qilib, uning susayishiga olib kelishi mumkin. Ratsionda yetarli darajada to‘yinmagan yog‘: o‘simlik yog‘i, baliq yog‘i va yong‘oq borligiga e’tibor qarating. Mazkur mahsulotlar organizmga yallig‘lanish jarayonlarini yengishga yordam beradi.

Antibiotiklarni tez-tez qabul qilish
Antibiotiklar samara berishi rost, lekin ulardan boshqa davo choralari yordam bermaganidan keyingina foydalangan yaxshi. Gap shundaki, antibiotiklar bizga nafaqat infeksiyalar bilan kurashishga yordam berishi, balki kasalliklar bilan kurashuvchi oq qon tanachalarini kamaytirishi ham mumkin. Amerikaning inson genetikasi jurnalida sichqonda o‘tkazilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra shunday xulosaga kelingan. Unutmang, har safar antibiotik qabul qilganda immun tizimingiz kuchsizlanadi.

Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish
Spirtli ichimliklar immun tizimiga salbiy ta’sir qiladi. Muntazam iste’mol qilinsa, zararli bakteriyalar bilan kurashadigan leykotsitlar ta’siri hamda organizmning virus va bakteriyalarni yo‘q qiladigan hujayralar ishlab chiqarish xususiyati susayadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Immunitetni o‘ldirish: Bizni kasalliklar oldida ojiz qilib qo‘yadigan 5 ta odat