19:17 / 02.11.2020
2 588

Kosmetik vositalar, gullar va jinsi shim. Muzlatkichda saqlash tavsiya etiladigan narsalar

Kosmetik vositalar, gullar va jinsi shim. Muzlatkichda saqlash tavsiya etiladigan narsalar
Foto: «Domashniy ochag»
Muzlatkichda faqat iste’mol mahsulotlarini saqlash mumkin, deb o‘ylaganlar fikri quyidagi ma’lumotlardan keyin o‘zgarishi aniq.

Ko‘z uchun krem
Ko‘z tagidagi shishlarga qarshi samara beradigan kremni xonada emas, muzlatkich eshigida saqlagan yaxshi.

Ko‘z qalami
Qalam sovuqda saqlansa, uchi qattiqlashadi va bu ishlatish uchun qulaylik keltirib chiqaradi.

Tirnoq bo‘yog‘i
Bir tomondan muzlatkichda saqlangan lakning foydalanish muddati uzoqroq bo‘ladi, lekin lak konsistensiyasi yopishqoq bo‘lib qoladi va tirnoqqa surtish qiyin bo‘ladi.

Organik, tabiiy kosmetika
Organik va tabiiy kremlarni ishlatishda ularning foydalanish muddatiga e’tibor qaratish kerak. Konservantlar qo‘shilmagan kosmetik vositalarni muzlatkichda saqlagan ma’qul.

Kolgotka va kapron paypoqlar
Kolgotka uzoq vaqtga yetishi uchun uni namlab polietilen paketga soling va muzlatkichga qo‘ying. Ertasi kuni olib, o‘z holiga kelganidan keyin kiysangiz bo‘ladi.

Jinsi
Yaxshi jinsi kamroq yuvilsa, chiroyli ko‘rinadi. Hid va bakteriyalardan qutilishga esa muzlatkich muzxonasi yordam beradi. Bir kecha davomida unda turgan jinsi ertasi kuni yangidek ko‘rinadi.

Dog‘ yopishgan mato
Kiyimga mum yoki saqich yopishgan bo‘lsa, uni muzlatkich muzxonasiga qo‘yish kerak. 5 daqiqa turganidan keyin uni ko‘chirsa bo‘ladi.

Boshqa buyumlar
Ochilmagan konvertni yirtmasdan ochish uchun uni polietilen paketga solib, ikki soatga muzlatkichga qo‘ying. Shundan keyin qiynalmasdan ochish mumkin, xona haroratida turganidan keyin esa qayta yopishtirib qo‘yish mumkin.

Gullar
Guldastani kechga qadar yangidek saqlash uchun uni muzlatkichga qo‘yib qo‘ying.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kosmetik vositalar, gullar va jinsi shim. Muzlatkichda saqlash tavsiya etiladigan narsalar