Foto: Getty Images
Migrendan doimiy aziyat chekkan kishilar, uning faol va quvnoq turmush tarziga qanchalik xalal berishini yaxshi biladi. Bosh aylanishi, tez achchiqlanish, uyqu bosishi va og‘riq simptomlari bilan kuzatiladigan ushbu kasallikdan xalos bo‘lish uchun qabul qilinadigan dori vositalarining ko‘pi faqat bir simptomni qoldiradi, uni butunlay bartaraf etishi mumkin bo‘lgan preparatlar bo‘lsa, organizmga nojo‘ya ta’sir qilishi mumkin. Quyidagi usul va tabiiy mahsulotlar esa uning oldini olishi va og‘riqni qoldirishga dorilardan kam bo‘lmagan ta’sir ko‘rsatadi asosiysi esa salbiy oqibatlarga olib kelmaydi.
Aromaterapiya
Xushbo‘y iforlar migrenga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Gap shundaki, hid va iforlar miyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri signal yuboradi va ko‘p vaqt o‘tmay stressni kamayadi. Xushbo‘y iforli yalpiz yog‘idan foydalanilganda nafaqat yoqimli his tuyiladi, balki asab tizimi ham tinchlanadi. Buning uchun uni, ko‘p bo‘lmagan suv bilan aralashtirib, chakkaga surtish tavsiya etiladi. Natija yanada tez bo‘lishi uchun, yalpizli yog‘ni surtgandan keyin mushaklarni bo‘shashtirib va meditatsiya bilan shug‘ullaning.
Akupunktura
Akupunktura, ya’ni igna sanchib davolash tanadagi mahalliy og‘riqlarni qoldirish uchun samarali muolaja hisoblanadi. Ammo migren vaqtida uni amalga oshirish uchun yetarli vaqt va sharoit topilmasligi mumkin. Shu bois avvaldan salomatlik haqida qayg‘urib, migren bezovta qilgunicha qo‘l qovushtirib o‘tirmaslik kerak. Bosh va ko‘rsatkich barmoq o‘rtasidagi nuqtani 10-20 soniya davomida uqalang. So‘ng keyingi qo‘lda xuddi shu harakatni bajaring. Bunday usul, ayniqsa, hali og‘riq kuchaymagan vaqtda yaxshi samara beradi.
Ovqatlanishga e’tiborli bo‘lish
Nitrat, sulfat va tozalangan shakar, kofein va spirtli ichimliklar qattiq bosh og‘rishiga sabab bo‘lib, moyilligi bor odamlarda migren rivojlanish xavfini kuchaytirishi mumkin. Shu sababdan ham ulardan voz kechilmasa ham, iste’mol miqdorini kamaytirish, o‘rniga boshqa alternativ mahsulotlarni iste’mol qilish kerak. Ratsionga bunday o‘zgartirish kiritilganidan keyin 2-3 hafta o‘tib, muntazam ravishda migren bezovta qiladigan kishilarda ijobiy natijani ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Magniy
Magniy migrenni bartaraf qilish uchun eng yaxshi moddalardan hisoblanadi. O‘tkazilganiga ko‘p bo‘lmagan tadqiqotlarda, qattiq bosh og‘rig‘i vaqtida organizmda magniy miqdori rekord darajada kam bo‘lishi aniqlandi. Agar magniy iste’mol mahsulotlari orqali yetarli darajada qabul qilinmasa, maxsus qo‘shimchalardan foydalanish mumkin. Ammo bu borada ehtiyotkorlikka amal qilgan yaxshi. Magniyni qanday qabul qilgan yaxshi ekanligini bilish uchun shifokor ko‘rsatmasiga binoan ish tutgan yaxshi.
Zanjabil
Zanjabilning qanchalik foydali ekani haqida ko‘p marta ta’kidlangan. Tadqiqotlardan birida ushbu mahsulot, migrenni bartaraf etish uchun qo‘llanadigan medikament singari ta’sir qilgan va natija darhaqiqat samarali bo‘lgan. Qolaversa, zanjabil dori vositalari singari nojo‘ya ta’sir ko‘rsatmaydi. Barra zanjabilni sharbat yoki smuziga qo‘shib yoki uni suv va limon bilan aralashtirib, ichimlik tayyorlagan holda iste’mol qilinsa, 20-25 daqiqadan keyin ahvol yaxshilanishi kerak.
Yoga
Yoga insonni tinchlantirgani, stressni kamaytirib, mushaklarni bo‘shashtirgani sabab ham u bilan shug‘ullanishni odatga aylantirish kerak. Boshlanishiga bir haftada 2 marta shug‘ullansa bo‘ladi. Maxsus kurslarga qatnash yoki uyda shug‘ullanishdan qat’i nazar, migren bezovta qilishi kamayadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Doniyor Toshxo‘jayev lavozimidan ozod etildi
Rossiyaning Dniproga zarbasi NATOni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan qaytara olmaydi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi