17:30 / 05.11.2020
3 410

Saraton kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan kundalik odatlar

Saraton kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan kundalik odatlar
Foto: «Domashniy ochag»
Inson organizmi va salomatligi uchun xavfli hisoblangan o‘smalarni 100 foiz oldini oladigan aniq, isbotlangan strategiya mavjud emas. Lekin mutaxassislarning bu boradagi tadqiqotlaridan kelib chiqqan holda saratonga sabab bo‘ladigan omillar haqida ma’lumotga ega bo‘lib, salomatlik bilan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolar paydo bo‘lmasligiga hissa qo‘shish mumkin.

Shirinlik iste’mol qilish
Shakarni keragidan ortiq iste’mol qilish ko‘krak bezi saratoni paydo bo‘lish xavfining oshishiga sababchi bo‘ladi. G‘arbiy yarim shar aholisi har kuni iste’mol qiladigan miqdordagi shakar sichqonlarga berilganda tez orada ko‘krak bezi saratoniga moyillik oshgani aniqlangan. Olimlar shakardan voz kechib, uning o‘rniga tabiiy shirin mevalar yeyishni tavsiya qiladi.

Issiq ichimliklar
Xalqaro onkologiya jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, doimiy ravishda issiq qahva, choy ichish qizilo‘ngach saratonini keltirib chiqarishi aniqlangan. Issiq suyuqlik ichganda qizilo‘ngach devorlarining doimiy ravishda zo‘riqishi xavfli hujayralarning rivojlanishiga olib keladi.

Kechasi ishlash
Tunda ishlash va saraton o‘rtasidagi bog‘liqlikka asoslangan tadqiqotlar hali ko‘p emas, lekin mavjudlari buni tasdiqlaydi. Olimlarning taxmin qilishicha, bunday ish rejimi immunitetni susaytiradi va yallig‘lanishni rivojlantiradi. Shu bois organizm dam olishi kerak bo‘lgan vaqtda ishlash tavsiya qilinmaydi.

Ko‘p o‘tirish
Kunni o‘tirgan holda o‘tkazish kuniga bir yoki ikki quti sigaret chekkan bilan barobar. Bunday kishilarning saratonga chalinish xavfi yuqori va bunga hujayralarga kislorod yetishmasligi sabab bo‘ladi. Qancha kam harakat qilsangiz, qon shuncha yaxshi aylanmaydi va a’zolar qon bilan to‘laqonli ta’minlana olmaydi. Ish yoki o‘qishingizni o‘tirgan holda bajarishga majbur bo‘lsangiz, unda tongda uyda sport mashqlariga 20-30 daqiqa vaqt ajrating, iloji bo‘lsa, toza havoda ko‘proq sayr qiling.

Ortiqcha vazn
Ortiqcha vazn nafaqat qizilo‘ngach, balki oshqozon osti bezi, ichaklar, buyraklar, qalqonsimon bez va sut bezi saratoniga sabab bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, ortiqcha yog‘ sabab organizmda estrogen gormoni ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi va organizmda gormonal balans izdan chiqib, yallig‘lanish va o‘smalar rivojlanishi mumkin bo‘ladi.

Polivitamin va biologik aktiv qo‘shimchalar
Aslida Polivitamin va biologik aktiv qo‘shimchalar, ozuqa moddalari, mikroelementlar yetishmaganda mutaxassis ko‘rsatmasiga binoan iste’mol qilinishi kerak. Lekin ko‘pchilik bilar-bilmas, o‘zboshimchalik bilan ularni iste’mol qiladi va turli salbiy oqibatlarga olib keladi. Ularning orasida esa turli o‘smalar paydo bo‘lish ehtimoli ham yo‘q emas. Shu bois qabul qilishda ehtiyot bo‘lish va, albatta, mutaxassis bilan maslahatlashish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Saraton kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan kundalik odatlar