07:00 / 06.11.2020
1 980

Sochlarga zarar yetkazadigan 10 ta holat

Sochlarga zarar yetkazadigan 10 ta holat
Foto: «Domashniy ochag»
Agar quyida keltirilgan holatlardan birortasini o‘zingizda ko‘rgan bo‘lsangiz, demak, sochingiz anchadan buyon zararlanib kelmoqda.

Sochlarni tez-tez kestirib turmaslik
Jingalak yoki silliq sochlarni o‘stirish uchun ham 2-3 oyda bir marotaba sartaroshga tashrif buyurish kerak. Sababi sochlar ozuqani faqatgina ildiz orqali oladi (maksimal darajada ildizdan 10 santimetr uzunlikda). Sochning qolgan qismi esa quruq va jonsiz hisoblanadi. Vaqt o‘tib borishi bilan ular mo‘rtlashib ketadi. Buni ularning elektrlashishi, sinishi va soch turmagiga tartibsiz ko‘rinish berishidan ham aniqlash mumkin. Har safar sartaroshga tashrif buyurganda ularni 2 santimetrdan kaltalatish tavsiya etiladi.

Sochlarni bo‘yash
Uyda olib borilgan tajribalar ko‘pincha dahshatli oqibatlarga olib keladi. Ko‘rsatmalarga amal qilmagan holda sochlarni bo‘yash ham zararli oqibatlarga olib kelish mumkin. Masalan, sochlarni bir qismiga haddan ortiq ko‘p bo‘yoq surish, ayrim joylari umuman bo‘yalmay qolishi ham sochlar ko‘rinishiga putur yetkazadi. Natijada sochlar qurishi va bosh terisi kuyishi mumkin.

Tozalanmagan taroqdan foydalanish
Soch taralganidan so‘ng taroq tishlari orasida o‘lik hujayralar yig‘ilib boradi. Ular yog‘ bezlari sekretsiyasi va soch turmagi taroqdagi hujayralar bilan aralashib, zamburug‘ va bakteriyalar ko‘payishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun har safar soch taralgandan so‘ng taroqlarni yuvib tashlash tavsiya etiladi.

Ho‘l sochlarni tarash va turmaklash
Sochlar yuvilganda katta miqdordagi namlikni yutadi va u og‘irligi bilan tarash natijasida sinish yoki deformatsiyalanishi mumkin. Shuningdek, issiq suv bosh terisini isitadi va teshiklarni kengaytiradi. Bu vaqtda sochga turmak berish soch tolalarining ko‘p to‘kilishiga olib keladi. Ularning o‘rnini qayta tiklash uchun uzoq vaqt sarflanadi.

Sochlarni tez-tez issiq suvda yuvish
Eng qizig‘i, sochlarni tez-tez qaynoq suvda yuvish ularni yanada ko‘proq kirlanishiga sabab bo‘ladi. Chunki yuqori harorat va bosh terisining ishqalanishi yog‘ bezlarining ishini rag‘batlantiradi. Mutaxassislar sochlarini tabiiy sog‘lig‘i va yorqinligini saqlab qolishi uchun haftasiga ikki marta yuvishni maslahat beradi.

Sochlar uchun konditsionerdan foydalanmaslik
Sochlarni yuvishda shampun va konditsioner tarkibiga alohida e’tibor berish lozim. Quruq sochlarni yuvgandan so‘ng ularni turmaklash qiyin bo‘lishi mumkin. Shu sababdan konditsionerdan to‘g‘ri foydalanish bunga yordam berishadi. Vositani soch ildizga emas, soch uzunligi bo‘ylab surish so‘ngra yaxshilab yuvib tashlash tavsiya etiladi.

Sochlarni ildizdan boshlab tarash
Sochlarni tez-tez taramaslik kerak – bu ularga zarar yetkazishi aniq. Soch turmagini erta tongda to‘g‘ri shaklga keltirish va kun davomida ikki marta tuzatish kifoya. Shunday vaqtda sochni ildizdan emas, asta-sekinlik bilan uchidan yuqoriga qarab tarash kerak.

Yillar davomida soch uchun parvarish vositalarini o‘zgartirmaslik
Agar soch parvarishi uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar shunchaki marketing deb hisoblansa, bu yanglish fikr bo‘ladi. Chunki birgina soch tolasining o‘zida turli xil holatlar ro‘y beradi. Ular uchun, albatta, alohida parvarish vositalaridan foydalanish kerak. Kosmetik vositalarni tanlashda soch holati va turiga alohida e’tibor berish kerak.

Turmak uchun qattiq soch yig‘gichdan foydalanish
Soch tolalarini bir joyga zichlab yig‘ish ortidan ularning oziqlanishiga yo‘l qo‘ymaslik mumkin. Iloji boricha sochlarga qulay va bo‘shroq turadigan turmak berish kerak. Shuningdek, soch turmagi o‘rnini tez-tez o‘zgartirib turish ham sochlar uchun foydali hisoblanadi.

Sochlarni quyoshdan himoya qilmaslik
Ultrabinafsha nurlari teriga zarar keltirganidek, sochlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Issiq fasllarda sochlarni quyosh nuridan saqlashga ko‘proq e’tibor qaratish kerak. Albatta, buning uchun maxsus bosh kiyimlardan foydalanish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sochlarga zarar yetkazadigan 10 ta holat