Foto: «Gastritinform.ru»
A vitamini koronavirusga chalingan odamlarda yo‘qolgan hid bilish qobiliyatini tiklashga yordam beradi. Bu haqda rossiyalik diyetolog Rimma Moysenko xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu vitamin deyarli barcha jonivor va o‘simliklardan olingan yog‘lar tarkibida mavjud.
«U go‘sht, parranda, baliq yoki ikra, shuningdek, sarg‘ish rangli meva-sabzavotlar: sabzi, qovoq va xurmo; o‘simlik yog‘lari: zaytun va chia yog‘i, yong‘oqlarda bor», — deydi Moysenko.
A vitaminining foydali xususiyatlarini faollashtirish uchun uni yog‘lar bilan birga iste’mol qilish kerak, deya ta’kidladi diyetolog. Masalan, sabzini smetana bilan birga salat ko‘rinishida tanovul qilish tavsiya etiladi.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, bunday taom hid bilish qobiliyatini tez tiklashga va virusni yengil o‘tkazishga yordam beradi.
Hid bilish qobiliyatini yo‘qotish koronavirus infeksiyasining eng birinchi va aniq alomatlaridan biri hisoblanadi. Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, COVID-19ni yuqtirganlarning 70 — 85 foizi hid bilish qobiliyatini yo‘qotadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Doniyor Toshxo‘jayev lavozimidan ozod etildi
Rossiyaning Dniproga zarbasi NATOni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan qaytara olmaydi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi