18:58 / 21.11.2020
3 428

Bir kunda qancha miqdorda shakar iste’mol qilish sog‘liq uchun zararli emas?

Bir kunda qancha miqdorda shakar iste’mol qilish sog‘liq uchun zararli emas?
Foto: «candoru.ru»
Harper’s Bazaar’ning ma’lum qilishicha, dunyoning turli burchagidagi mutaxassislar hamda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlovchilar uzoq vaqtdan buyon shakarga qarshi haqiqiy urush e’lon qilgan. Shuningdek, aksariyat insonlar uning iste’molini butunlay tark etgan va uni qayta ratsionga kiritmaslikka ham qaror qilgan.

Albatta, shakarning tana uchun foydalari bor, ba’zida esa shirinlik miqdorini organizmning o‘zi talab qiladi. Shakar borasida jiddiy cheklovlar esa ovqatlanish rejimini buzilishi yoki bezovtalikka olib kelishi mumkin. Shuning uchun shakarni me’yorida, juda ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish kerak.

Ma’lumki, shakar tabiiy va qo‘shimchali bo‘lishi mumkin. Tabiiy shakar meva, asal va boshqa tabiiy shirinliklarda bo‘ladi. Qo‘shimchali shakar esa shirinliklar, pishirilgan mahsulotlar tarkibidan joy oladi. Mutaxassislar oq shakardan butunlay voz kechish va u qo‘shilgan mahsulotlar iste’molini kamaytirishni tavsiya etadi.

Shuningdek, ertalab qahvani asal bilan ichish, shirinliklarni, masalan, xurmo bilan almashtirish yaxshiroqdir. Shirinlik jihatidan bu mevalar shokoladdan kam emas, shuningdek, tarkibida tola va ko‘plab foydali elementlar mavjud.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, insonlar o‘rtacha hisobda bir kunlik shakar miqdorini ikki baravarga oshirib yubormoqda. Bu nafaqat ortiqcha kaloriya, balki vazn ortishi xavfi va sog‘liq uchun bir qator noxush oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu mahsulot uchun minimal qiymat yo‘q, sababi u bir necha yeguliklar tarkibida bo‘lishi mumkin. Shakar iste’molining eng yuqori chegarasi taxminan 25 grammni tashkil etadi.

Agarda kuniga iste’mol qilinadigan barcha ovqatlarda kaloriya me’yorida bo‘lsa, qancha shakar iste’mol qilinsa ham ortiqcha vazn xavfi kutilmaydi. Ammo shirinliklarni me’yoridan ko‘p iste’mol qilish yurak, qon tomirlar va qandli diabet kabi surunkali kasalliklarni rivojlantirib yuborishi mumkin. Shuning uchun shakar qancha kam iste’mol qilinsa, salomatlik uchun shuncha foydali.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bir kunda qancha miqdorda shakar iste’mol qilish sog‘liq uchun zararli emas?