18:34 / 24.11.2020
4 532

Qovoq urug‘ining salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?

Qovoq urug‘ining salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Foto: Getty Images
Nafaqat qovoqning o‘zi, balki uning urug‘lari ham sog‘liq uchun foydali hisoblanadi. Barcha uchun birdek zarur bo‘lgan qovoq urug‘lari to‘yimli hamda vitamin va minerallarga boydir.

Chorak stakan qovoq urug‘ida kamida 15 gramm sog‘lom yog‘lar va 8-10 gramm yuqori sifatli oqsillar mavjud. Shu bilan birga qovoq urug‘i yuqori energiya qiymatiga ega, uning kaloriya miqdori 150 gramm.

Mahsulotning tarkibiy boyligi
Qovoq urug‘ining insonlar uchun eng muhim bo‘lgan xususiyati shundaki, uning tarkibida magniy va boshqa minerallar mavjud. Shuningdek, qovoq urug‘i yog‘i marganets, mis, temir va ruhning manbasi hisoblanadi. Magniy yaxshi kayfiyat va mustahkam uyquni ta’minlasa, marganets − kollagen sintezi, biriktiruvchi to‘qima va suyaklarning sog‘lig‘i uchun juda muhimdir. Temir tanada kislorod aylanishini, sink − immunitetni, mis esa energiya ishlab chiqarishda faol ishtirok etadi. Bular qovoq urug‘ining organizm uchun foydali xususiyatlarining faqat bir qismidir.

Antioksidantlar
Qovoq urug‘lari, ayniqsa, ayollar uchun foydali hisoblanadi. Sababi uning tarkibida E vitaminining yuqori miqdori mavjud, u antioksidant xususiyatiga ega. Shuningdek, karotenoidlar yallig‘lanishni va surunkali kasallik xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari ko‘plab mutaxassislar prostatitni davolashda qovoq urug‘idan foydalanishni tavsiya qiladi.

Sog‘lom yog‘lar
Asal bilan qovoq urug‘i anchadan buyon bolalar va vazni kam bo‘lgan kattalar uchun ozuqaviy qo‘shimcha sifatida ishlatiladi. Qovoq urug‘ining xususiyatlaridan biri − uning tarkibida foydali yog‘larning ko‘pligi bilan bog‘liq. Ushbu mahsulot omega-3 kislotalarining eng yaxshi manbasi hisoblanadi, shuningdek, alfa-linolenik kislota ham mavjud. Tarkibdagi yog‘ kislotalari yurak, qon-tomirlarini yallig‘lanish va kasalliklardan himoya qiladi.

Qonda shakar miqdorini barqarorlashtiradi
Qandli diabetga chalingan bemorlar uchun qovoq urug‘ining eng birinchi foydasi − qondagi qand miqdorini nazorat qilish. Qovoq urug‘ini har kuni iste’mol qilish insulin ishlab chiqarishni yaxshilashga yordam beradi va kasallikning rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Qovoq urug‘i gijjalarni yo‘qotadi
Qovoq urug‘idan bolalardagi gijjalarni yo‘qotishda foydalanish ajoyib g‘oya. Tarkibida kukubritin moddasi parazitlar uchun zaharli bo‘lib, inson tanasiga xavf solmaydi.

Qovoq urug‘lari zararli bo‘lishi mumkinmi?
Vazn masalasida jon kuydiradiganlar uchun qovoq urug‘ining yagona zarari yuqori kaloriya bo‘lishi mumkin. Ularga kundalik ravishda 100 grammdan ko‘p bo‘lmagan urug‘ iste’mol qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, qovoq urug‘i me’da shirasining yuqori kislotaliligi va boshqa oshqozon-ichak kasalliklari uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham urug‘ning foyda va zararlarini taqqoslagan holda ularni ratsionga kiritish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qovoq urug‘ining salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?