Neslixan Atagyul va Qodir Do‘g‘ulu 10 yillik nikohdan so‘ng ajrashdimi?

Turkiyalik taniqli aktrisa Neslixan Atagyul va uning turmush o‘rtog‘i, aktyor Qodir Do‘g‘ulu ajrashgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli xabarlar tarqalmoqda. Biroq mashhur juftlik bu ma’lumotlarni hozircha rasman tasdiqlamagan.
«Nihon» obrazi orqali millionlab tomoshabinlarga tanilgan Neslixan Atagyul va Qodir Do‘g‘ulu qariyb 10 yildan buyon birga hayot kechirib kelmoqda. Avval ham ularning munosabatlari bilan bog‘liq ajrim haqidagi mish-mishlar bir necha bor tarqalgan edi.
Bu safargi gap-so‘zlarga esa 6 noyabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan kitob taqdimoti sabab bo‘lgan. Tadbir davomida jurnalistlar aktrisaga turli savollar bilan murojaat qilgan. Savollardan biriga Neslixan Atagyul: «Men va o‘g‘lim bor», deya javob qaytargan.

Aynan shu jumla ayrim jurnalistlar tomonidan er-xotin munosabatlariga ishora sifatida talqin qilinib, ularning ajrashgani haqidagi xabarlar tarqalishiga sabab bo‘lgan.
Ma’lumki, 2025 yilda juftlik o‘g‘il farzandli bo‘lgan edi. Shu bois aktrisaning javobi ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Shunga qaramay, Neslixan Atagyul ham, Qodir Do‘g‘ulu ham ajrashgani haqida rasmiy bayonot bermagan. Hozircha bu xabarlar tasdiqlanmagan mish-mishlar bo‘lib qolmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…