«Muzlik davri»ning yangi qismi qachon ekranlarga chiqishi ma’lum bo‘ldi

Disney kompaniyasi mashhur «Muzlik davri» («Ice Age») animatsion franshizasining yangi qismi — «Muzlik davri: Qaynash nuqtasi» («Ice Age: Boiling Point») multfilmining rasmiy treyleri va posterini taqdim etdi. Film premerasi 2027 yil 5 fevralga belgilangan.
Yangi qismda Menni, Sid, Diyego, Elli, Bak va boshqa qahramonlar xavf-xatarlarga boy yo‘qolgan dunyoning ilgari ko‘rilmagan hududlariga sayohat qiladi. Bu safar ularni dinozavrlar, vulqonlar va oqib turgan lava bilan to‘la sarguzashtlar kutmoqda.
Skratning sarguzashtlari ham davom etadi. Unga bu safar Kichkina Skrat va ulkan Yura davri Skrati hamrohlik qiladi.
Multfilmning asosiy qahramonlariga avvalgi qismlarda bo‘lgani kabi Rey Romano, Jon Leguizamo, Denis Liri, Kuin Latifa va Saymon Pegg ovoz beradi.
Ovoz beruvchilar tarkibiga yangi aktyorlar ham qo‘shilgan. Ular orasida Eshli Park, Josh Pek, Vinsent Tong, Adam Divayn va Koko Jons bor. Eshli Park Zi, Josh Pek Eddi, Vinsent Tong Kresh, Adam Divayn Julian, Koko Jons esa Piches obraziga ovoz beradi.
Animatsion filmga avval «Muzlik davri: Bakning sarguzashtlari» ustida ishlagan Jon Donkin rejissyorlik qilgan. Film Lori Forte tomonidan prodyuserlik qilinmoqda.
Yangi multfilm 2027 yil 5 fevraldan boshlab faqat kinoteatrlarda namoyish etiladi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…