BTS bir hafta ichida 10 ta mukofotni qo‘lga kiritdi

1 daqiqa o'qish2
BTS bir hafta ichida 10 ta mukofotni qo‘lga kiritdi

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi 2026 yil noyabr oyida Avstraliya, AQSH va Janubiy Koreyada o‘tkazilgan uchta yirik taqdirlash marosimida jami 10 ta mukofotga sazovor bo‘ldi.

Guruh 18 noyabr kuni Avstraliyada tashkil etilgan 40-ARIA Awards marosimida «Eng mashhur xalqaro ijrochi» nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Bu haqda mukofot tashkilotchilari rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Shuningdek, BTS 14 noyabr kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tgan Nickelodeon Kids' Choice Awards 2026 marosimida uchta mukofotni qo‘lga kiritdi. Jamoa «SWIM» qo‘shig‘i uchun «Eng sevimli qo‘shiq», «ARIRANG» albomi uchun «Eng sevimli albom» hamda «Eng sevimli musiqiy guruh yoki duet» nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldi.

Janubiy Koreyada 14–15 noyabr kunlari o‘tkazilgan Melon Music Awards 2026 marosimida esa BTS oltita mukofot bilan taqdirlandi. Ular orasida «Yil artisti» va «Yil albomi» kabi ikkita bosh mukofot — Daesang ham bor. Bundan tashqari, guruh «Top 10», «Eng yaxshi erkaklar guruhi», «Yil sahnasi» va «Global Top 10» nominatsiyalarida ham g‘olib bo‘ldi.

Shu tariqa, BTS bir hafta ichida uchta mamlakatda o‘tkazilgan yirik musiqiy taqdirlash marosimlarida jami 10 ta mukofotni qo‘lga kiritdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?