Qozog‘istondagi bolalar bog‘chasida tug‘ilgan kun videosidan so‘ng jinoiy ish qo‘zg‘atildi (video)

Qozog‘istonning Atirau viloyati Inder tumanidagi «Baldәuren» davlat bog‘chasida tarbiyachining bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea bog‘cha tarbiyalanuvchilaridan birining 3 yoshga to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan bayram vaqtida sodir bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda kattalarning bolalarga baland ovozda gapirgani, tarbiyachilardan biri esa bolalardan birini turtib, orqasiga urgani aks etgan.
Atirau viloyati ta’lim boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, prokuratura ijtimoiy tarmoqlar monitoringi davomida bog‘chaning «Solnishko» guruhida voyaga yetmagan tarbiyalanuvchiga nisbatan kuch ishlatilganini aniqlagan. To‘plangan materiallar huquqiy baho berish uchun politsiyaga yuborilgan.
Viloyat politsiya departamenti mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini tasdiqlagan. Hozirda bog‘chadagi kuzatuv kameralari yozuvlari o‘rganilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Politsiya tarbiyachi va uning yordamchisining harakatlariga huquqiy baho berilayotganini bildirgan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…