18:40 / 25.11.2020
2 874

Koronavirusni yuqtirganlar uchun nafas mashqlari: Qanday qilinadi, nima mumkin emas?

Koronavirusni yuqtirganlar uchun nafas mashqlari: Qanday qilinadi, nima mumkin emas?
Foto: Baige News
Koronavirusni yuqtirib olgan bo‘lsangiz va u sizda yengil shaklda o‘tib ketgan bo‘lsa ham, shifokorlarning fikricha, o‘pka yetarlicha zo‘riqqan va uning tiklanishi uchun nafas mashqlarini bajarish muhim sanaladi.

Qanday mashqlarni bajarish mumkin?
Nafas mashqlari nafaqat jismoniy, balki psixologik salomatlik uchun ham yaxshi. Chuqur nafas olish odamning tinchlanishiga, stressni yo‘qotishga yordam beradi. Ichingizda beshgacha sanab burun orqali chuqur nafas oling. Nafasni ichingizda besh soniya tutib turib, keyin og‘izdan sekin chiqaring. Kun davomida bir necha marta takrorlang.

Pilates mashqi
Ushbu mashqlar diafragmani mustahkamlash va mushaklar tonusini yaxshilashga yordam beradi. Osmonga qarab yoting, oyoqlarni tizzadan buking, qo‘llarni tana yoniga yerga qo‘ying. Chuqur nafas oling va shu vaqtning o‘zida bosh, bo‘yin va yelkangizni poldan ko‘taring. Nafas chiqarganda oyoqlarni yerdan 45 gradusda ko‘taring. 10 marta oyoqlarni ko‘taring va tushiring, avvalgi holatga qayting.

«Bolalar otjimaniyasi»
Ushbu mashq ko‘krak qafasi va o‘pkalar uchun foydali hisoblanadi. Yotgan holda boshingizni pastga eging. Chuqur nafas oling, boshingizni ko‘taring va yelka hamda bo‘yinni maksimal darajada yuqoriga ko‘taring. Nafas chiqarganda eski holatga qayting va 10 marta takrorlang.

Engashib bajaradigan mashq
Tik turing, oyoqlarni yelka kengligida oching. Pastga engashing va eski holatga qayting, nafas oling. Nafas chiqaring va qo‘llaringizni pastga tushiring. Ushbu harakatlarni 4 marta takrorlang. Ushbu mashq, ayniqsa, ko‘p o‘tirib ishlaydiganlar uchun juda ham samarali hisoblanadi.

Diafragma mashqlari
Ushbu mashq nafaqat o‘pkalar, balki pressni yaxshilashga yordam beradi. Osmonga qarab yoting, tizzalarni buking va bir qo‘lingizni qoringa, ikkinchisini ko‘krak sohasiga qo‘ying. Chuqur nafas oling, og‘iz orqali nafas chiqaring keyin esa nafasni 7-8 soniya tutib turing va ushbu harakatlarni 10 marta takrorlang.

Planka
Ushbu mashq nafaqat mushaklarning tonusda bo‘lishi uchun, balki umurtqa pog‘onasi va o‘pkalar uchun ham foydali. Polga yoting. Tirsaklarni 90 daraja buking va tanani ko‘taring. Vaznni yelka bilan ko‘taring, qomatingiz tik ekanligiga e’tibor qarating va boshingizni ko‘tarib, 30 soniya shu holatda turing.

Eshkak eshish mashqi
Buning uchun elastik lenta va bint kerak bo‘ladi. Polga o‘tiring va oyoqlaringizni cho‘zing va X shakliga keltiring. Qo‘llarni oldinga cho‘zing, keyin esa ortga tashlang. 10-15 marta takrorlang.

Nima qilish kerak emas?
Avvalo, har qanday zo‘riqtiradigan mashqlarni bajarmaslik kerak. Virus sabab shundoq ham toliqqan o‘pkani yanada zo‘riqishga olib kelmaslik kerak. Oddiy mashqlardan boshlash kerak. Ortiqcha harakat talab qiladigan nafas mashqlarini tuzalgandan keyin bajarganingiz yaxshi. Nimalarni qilmaslik kerak ekani haqida quyida ma’lumot berib o‘tamiz.

Qo‘shiq kuylash
Nafas mashqlari koronavirus bilan zararlangandan keyin tiklanishga yordam beradi. Ammo shifokorlar ba’zi mashqlarni bajarish o‘pka uchun zararli bo‘lish mumkin degan fikrda. Pufak puflash yoki vokal mashqlari shular jumlasidan. Bu kabi mashqlar o‘pkada chandiq paydo qilishi bu esa uning faoliyatining susayishiga olib kelishi mumkin.

Chekish
Nafaqat sigaret, balki elektron sigaretlar ham o‘pkalar salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Sauna yoki parli hammom
Koronavirus nafaqat o‘pka, balki qon-tomirlarga ham hujum qiladi. Eng ko‘p tarqalgan asoratlardan biri esa tromblar paydo bo‘lishi va insult hisoblanadi. Tuzalgandan keyin ham qon-tomir tizimini zararlashi mumkin bo‘lgan zo‘riqishlardan qochish kerak. Hammom va sauna esa yuqori harorat va namlik sabab xavfli bo‘lishi mumkin.

Spirtli ichimlik ichish
Spirtli ichimlik ichganda qon-tomirlar tez kengayadi va tezda torayadi. Sog‘lom inson uchun ham xavfli bo‘lgan mazkur holat koronavirusga chalingan odamda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ingalyatsiya qilish
Juda ham issiq bug‘, efir yog‘i bilan mustaqil davolanishga harakat qilmaslik kerak. Chunki o‘pka shilliq qavatiga zarar yetkazgani sabab tiklanish o‘rniga qo‘shimcha zo‘riqishga sabab bo‘lib qolishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Koronavirusni yuqtirganlar uchun nafas mashqlari: Qanday qilinadi, nima mumkin emas?