Foto: «Forumsamogon.ru»
Chakanda, brusnika, bodrezak, chetan, limon kabi nordon mevali ichimliklarni iste’mol qilish immunitetni ko‘tarishning samarali usuli hisoblanadi. Uni tayyorlash uchun mevani suvli bankaga solib, maydalash kerak. Bunday ichimlik koronavirusni yuqtirish xavfini kamaytirishga ham yordam beradi. Bu haqda «NEWS.ru» bilan suhbatda rossiyalik terapevt Olga Burlakova ma’lum qildi.
Limon yoki rezamevali suv organizmda kislota-ishqor muvozanatini tiklashga hamda uni ko‘p miqdorda vitaminlar bilan to‘yintirishga yordam beradi. Bu odamning immun tizimiga nihoyatda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Faqat toza suv ichishni unutmaslik kerak, deya ta’kidlaydi terapevt. Kamroq kasal bo‘lish uchun tana vaznining har bir kilosi uchun 30 ml.dan suyuqlik ichish tavsiya etiladi.
Immunitetni mustahkamlashga, shuningdek, propolis tindirmasi ham yordam beradi. Uni og‘iz bilan burunga tomizish kifoya.
Bundan tashqari, ko‘p kasal bo‘lmaslikka yerqalampir, vasabi va qalampir ham yordam beradi. Gap shundaki, ular odam immun modulyatsiyalovchi hujayralarning taxminan 70%i joylashgan hazm qilish tizimini rag‘batlantiradi.
Immunitetni kuchaytirishga ona suti ham yordam beradi. Negaki, u oziq moddalarning chinakam xazinasi sanaladi. Uni habdori yoki mumiyo ko‘rinishida ham topsa bo‘ladi, deydi Burlakova.
Agar odam ko‘p kasal bo‘lishni xohlamasa, immunomodulyatorlarni qabul qilishdan bosh tortishiga to‘g‘ri keladi. Chunki immun tizim bunday dori preparatlariga nisbatan nihoyatda ta’sirchan bo‘ladi.
Immunomodulyatorlar odamning ko‘p kasal bo‘lmasligiga yordam bermaydi, aksincha, sog‘lig‘ini battar yomonlashtiradi. Agar odam bunday preparatlarni uzoq vaqt qabul qilsa, uning immun hujayralari mo‘ljaldan adashib, organizmdagi bakteriya va viruslarni «tanimay» qoladi. Bu esa pandemiya davrida juda xavfli. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi