Foto: Pinterest
Odatda havoning sovishi natijasida yuz, qo‘l terisi kabi labda ham qurish jarayoni kuzatiladi. Hamisha harakatda bo‘lgan lab juda nozik va qayta tiklanmas teriga ega. Shuning uchun qurish va yorilish jarayonining oldini vaqtida olish kerak.
Suyuqlik va ovqatlarni to‘g‘ri iste’mol qilish zarur
Bir qarashda foydasiz tuyilgan tavsiyalar aslida doimo samara beradi. Ma’lumki, organizm uchun suyuqlik miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Olimlar hamisha ikki yoki uch litr suyuqlik kunlik me’yor hisoblanishi haqida takrorlab kelmoqda. Iste’mol qilinadigan ovqatlarga ham e’tiborli bo‘lish kerak. Agar labda qurish jarayoni boshlangan bo‘lsa, demak, achchiq va sho‘r taomlardan tiyilib turish tavsiya etiladi.
Lablarni hech qachon namlamang
Agar labni tez-tez namlash odatga aylangan bo‘lsa, inson qat’iy ravishda bundan voz kechishi kerak. Sababi og‘izdagi tupuk yoki so‘lak tarkibida amilaza fermenti mavjud bo‘lib, u uzoq muddatli hazm qilish jarayonining birinchi bosqichini boshlaydi. Shuning uchun ham oziq-ovqatni maydalovchi ferment labning nozik terisini osongina zararlay oladi. Yana bir taqiqlash kerak bo‘lgan odat — tishlash. Labning yuzasidan teri qismlari ko‘cha boshlaganda, albatta, uni tishlab yulib olishga harakat paydo bo‘ladi. Afsuski, bu holat birinchidan, qayta tiklanmaydigan lab terisida og‘riqni keltirib chiqaradi. Ikkinchidan, lab terisi ko‘chganidan so‘ng turli xil infeksiya yuqishi ehtimoli ortadi.
Ularni himoya qilish kerak
Quyosh nuridan terini himoyalash uchun bir necha xil vositalardan foydalaniladi. Qishda esa issiq kiyimlar yordamida sovuqdan saqlanadi. Ammo bu borada lablar e’tibordan chetda qoladi. Natijada lablar yorilishi, qurishi yana takrorlanadi. Buning oldini olish uchun lablar uchun maxsus balzamlardan doimo foydalanish kerak. Shuningdek, sovuq havoda yuzning yarmigacha bo‘lgan qismini sharflar yordamida berikitish zarur.
Maxsus vositalardan foydalanish tavsiya etiladi
Lab uchun turli kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan balzamlar mavjud. Ulardan foydalanishni kanda qilmaslik zarur. Shuningdek, lab qurishiga quruq hamda sifatsiz lab bo‘yog‘i ham sabab bo‘lishi mumkin. Lab qurigan vaqtda iloji boricha ularga maxsus balzamlardan boshqa vositalar surmaslik tavsiya etiladi. Balzam vazelin, dimetikon, shi moyi va gialuron tarkibga ega bo‘lishi kerak. Sababi ularning barchasi uzoq vaqt namlikni saqlab turadi va qurish jarayonini tez orada bartaraf etadi.
Balzamlardan uzluksiz foydalanish muhim
Uxlashdan avval og‘iz bo‘shlig‘ini tozalash natijasida, shuningdek, yuzni kosmetik vositalardan xalos qilgandan so‘ng labda qurish holati kuzatilishi mumkin. Shu zahoti lab uchun maxsus balzam surishni unutmaslik kerak. Bundan tashqari, balzamni yotoqxona, ish joyi, mashina va sumkada ham olib yurish va vaqti-vaqti bilan undan foydalanish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Maksim Shatskix "Istiqlol"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Filippinda amaldor prezident va rafiqasini o‘ldirish uchun qotil yolladi
Beterbiyev—Bivol revansh jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi