Foto: «Noalkogolizm.ru»
Boshdagi shovqin — tashqi dunyo bilan bog‘liq bo‘lmagan noxush holat. Ushbu alomat odamning kundalik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Stress
Ko‘pincha ruhiy kechinmalar, qattiq qo‘rqish yoki xavotir tufayli chakka mushaklari zo‘riqadi. Bu mushaklarning ezilishi eshitish kanalidagi tomirlarning siqilishiga olib keladi. Natijada boshda shovqin hissini keltirib chiqaradi.
Osteoxondroz
Ushbu kasallikda ba’zan miyaning eshitish bo‘limidagi nervlar siqilib qoladi. Bu odatda uyqu paytida noqulay holatda yotganda yuz beradi. Agar boshdagi guvullash osteoxondroz bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda tik turganda kamayishi yoki umuman yo‘qolishi kerak.
Oltingugurtli tiqin
Oltingugurtli tiqin odatda faqat bitta quloqda paydo bo‘ladi. Quloqdagi shovqindan tashqari bosh aylanishi, harakat koordinatsiyalari buzilishi kuzatilishi mumkin.
Koxlear nevrit
Bu eshitish nervining shikastlanishi bo‘lib, u keyinchalik karlikka olib keladi. Asosiy alomatlaridan biri — quloqlardagi shovqin. Ba’zan bu holat bosh aylanishi va ko‘ngil aynish bilan birga kechadi.
Vegetativ qon tomirlar distoniyasi
Vegetativ qon tomirlar distoniyasida qon tomirlar tonusining tartibi izdan chiqadi, ustiga-ustak, bosim ham pasayadi. Bunday holat quloqlarda bir tekis yoki pulsatsiya beruvchi shovqinni yuzaga keltiradi, ba’zan bosh aylanishi va koordinatsiyaning buzilishi bilan birga kechadi.
Boshda shovqin paydo bo‘lsa, mutaxassisga, aynan nevrolog yoki otorinolaringologga murojaat qilish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Farg‘onada noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Beterbiyev—Bivol revansh jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi