Foto: «Zen.yandex.ru»
30 yoshdan so‘ng metabolizm sekinlasha boshlaydi. Bundan chiqdi, ovqatlanishga e’tibor berish kerak. Agar sog‘lig‘ingizga bee’tibor bo‘lmasangiz, bu yoshda ba’zi mahsulotlarni iste’mol qilmaslikka to‘g‘ri keladi.
Oq non
Oliy navli undan tayyorlangan pishiriqlar tez hazm qiluvchi uglevodlarga boy bo‘ladi. Ular qonda qand miqdorining keskin ko‘payishiga hamda ortiqcha vaznga olib keladi.
Qadoqlangan sharbat
Pasterizatsiya jarayonida bunday ichimlik mevalar tarkibidagi ko‘pgina foydali vitaminlar va minerallarni yo‘qotadi. Ustiga-ustak, ishlab chiqaruvchilar qadoqlangan sharbatga qandni ko‘p qo‘shadilar. Bu esa ichimlikning zararli xususiyatini oshiradi.
Baliq
Baliq o‘zining foydali xususiyatlari bilan mashhur. Ammo bu baliqchilik fermasidan to‘ppa-to‘g‘ri do‘kon rastalariga kelib tushgan sifatli mahsulotlarga taalluqli. Afsuski, supermarketlarda uchraydigan 70 foizgacha baliqlar sun’iy ravishda yetishtiriladi. Bunday mahsulotda antibiotiklar haddan tashqari ko‘p bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Kimyoviy moddalar qo‘shilgan yogurt
Tabiiy yogurt har qanday yoshda organizmga foydali. Lekin kimyoviy moddalar qo‘shilgan mahsulotni bunday deb bo‘lmaydi. Bir porsiya mevali yogurt tarkibida 47 gramm shakar bo‘lishi mumkin. Bu kunlik me’yordan 1,5 baravar ortiq degani. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Oq non, popkorn, shirinlik. 30 yoshdan keyin tiyilish tavsiya qilinadigan 7 mahsulot

Pul tejash tavsiya qilinmaydigan mahsulotlar

Ko‘pchilik sevib iste’mol qiladigan jo‘xorining foydali va zararli xususiyatlari

Eng zararli non fosh etildi. Non tanlashda adashmang!

Miya uchun eng foydali va zararli mahsulotlar maʼlum qilindi

Tadqiqotchilar sut mahsulotlari qanday jiddiy kasalliklardan himoya qilishini aniqlashdi