Foto: Getty Images
Yangi yil dasturxoni uchun tayyorgarlik ko‘radigan uy bekalari, taomlarning ta’mi bilan birga uning ko‘rinishi va sifati ham buzilmasligi muhim ekanini yaxshi biladi. Quyida keltirilgan qog‘oz sochiq bilan bog‘liq tavsiyalar esa bu borada yordam berishi aniq.
Asosiy taom uchun
Tovuqni pishirishdan avval muzlatib oling, shunda taom yumshoq va suvli chiqadi. Go‘shtni qog‘oz sochiqqa o‘rang, ortiqcha suvlari chiqib ketganidan keyingina pechda pishiring.
Dasturxonni yasatish uchun
Yangi yil uchun pishloq va kolbasalarni salat bargi ustiga yasatgan yaxshi. Ammo salat bargi uzoq tursa, so‘lib qolishi mumkin. Buning oldini olish uchun salat bargidan foydalanishdan avval, uni qog‘oz sochiqqa o‘rab qo‘ying. Qog‘oz sochiq salat bargidagi ortiqcha namlikni o‘ziga oladi va dasturxondan ishtahali bo‘lib turadi.
Qovurish uchun
Tayyorlagan kotlet, qovurilgan go‘sht va sabzavotlarni qog‘oz sochiq qoplangan tarelka ustiga qo‘ying. Ortiqcha yog‘larni o‘ziga tortib olgani hisobiga taom, zararsizroq, ko‘rinishi esa ko‘ngildagidek bo‘ladi. 10 daqiqadan keyin boshqa idishga olishingiz mumkin.
Non uchun
Avvalroq olib qo‘yilgan non Yangi yil bayramigacha qotib qolmasligi uchun uni qog‘oz sochiqqa o‘rab qo‘ying.
Tayyor taomlar uchun
Avvaldan tayyorlab qo‘yilgan taomni, qog‘oz sochiq ustiga qo‘yib isitish mumkin. Bunda taomning ta’mi va ifori o‘zgarmaydi. Qolaversa, bunday uslubdan keyin ortiqcha idish yuvishga hojat qolmaydi.
Vaqtni tejash uchun
Uyni tozalash vaqtida vaqtni tejash uchun hamma narsani avvaldan rejalashtiring. Stol va polga tushgan dog‘larni vaqtida arting. O‘simlik yog‘i solingan idishni qog‘oz sochiqqa o‘rab qo‘ying. Bu orqali ortiqcha yog‘ tomishining oldini olgan bo‘lasiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak"
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi