Bir qarashda zararsiz tuyulgan, biroq sog‘lik uchun zararli kundalik odatlar

2 daqiqa o'qish3.3K
Bir qarashda zararsiz tuyulgan, biroq sog‘lik uchun zararli kundalik odatlar
Foto: Freepik
Salomatlik bilan bog‘liq tavsiyalar hamisha ham dolzarb bo‘lavermasligi mumkin. Masalan, bir vaqtlar ayollar sog‘ligi uchun sirka ichish yoki quyoshda toblanish kerakligi maslahat berilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ushbu tavsiyalar inkor etiladi. Sal avval foydali deb hisoblangan, ammo JSST tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, ijobiy ta’sirdan ko‘ra zarari ko‘proq ekani isbotlangan prinsiplar haqida ma’lumot beramiz.

Nonushtaga suli yormasi iste’mol qilish
Suli yormasidan tayyorlangan, meva va yong‘oq qo‘shilgan nonushtadan mazali va foydaliroq nonushta bo‘lmaydi, deb o‘ylashingiz mumkin. Ammo hamisha ham emas. Gap shundaki, uning tarkibida kalsiyni organizmga singishiga to‘sqinlik qiladigan fitatlar mo‘l bo‘ladi va bu ayniqsa 40 yoshdan keyin xavfli sanaladi. Chunki bu vaqtda mazkur muhim mikroelement organizm shundoq ham yetishmaydi. Shu sabab ham suli yormasini haftada ikki yo uch martadan ko‘p iste’mol qilmaslik kerak.

Uzoq masofaga yugurish
Yugurish kardiozo‘riqish uchun eng yaxshi variant ekaniga shubha yo‘q, ammo boshqa jismoniy faollik bilan birga amalga oshirish kerak. Pensilvaniyada kardiologlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda, kam harakatda bo‘lgan, ammo uzoq masofaga yugurgan kishilarning, o‘rtacha zo‘riqishdagi sport mashqlari bilan muntazam shug‘ullanadiganlarga nisbatan kamroq yashashi aniqlangan. Shu sabab uzoq masofaga yugurmaslik yoki yugurganda ham boshqa sport mashqlarini ham bajarish tavsiya qilinadi.

Barra sabzavotlarni ko‘p iste’mol qilish
Barra sabzavotlarni iste’mol qilish siz o‘ylaganingizchalik foydali bo‘lmasligi mumkin. Bunga xom kletchatkalarning hazm tizimiga foydasidan zarari ko‘pligi sabab bo‘ladi. Qabziyat, ichaklar bilan bog‘liq muammo va qorin shishishi kuzatilishi mumkin. Shuningdek, sabzavotlardagi ko‘plab vitamin va mikroelementlar organizmga pishgan holda yaxshiroq singadi. Shu sabab ham sabzavotlarni pechda pishirib yeyish tavsiya qilinadi.

Shirinlikdan voz kechish
Ratsiondan shakarni butkul qisqartirib tashlashning hojati yo‘q. Chunki bundan samaradan ko‘ra zararli bo‘lishi mumkin. Olimlarning fikricha shakarning endokrin tizimi, yurak qon-tomirlarga zarari uning miqdori bilan bog‘liq. Qancha ko‘p iste’mol qilinsa, shuncha ko‘p salomatlik bilan bog‘liq muammo kuzatiladi. Ammo me’yorga amal qilinsa, zarar emas organizm xususan, miya uchun energiya manbai bo‘ladi.

O‘simlik suti ichish
Agar sizda laktoza bilan bog‘liq muammo bo‘lmaydigan bo‘lsa, unda oddiy sutni o‘simlik sutiga almashtirishning hojati yo‘q. Yo‘qsa, organizmni nafaqat sut yog‘lari, balki yurak qon-tomir tizimi va suyak uchun muhim sanalgan kalsiydan ham bebahra qilasiz. Qolaversa, o‘simlik yog‘larida saraton keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan fitoestrogenlar mavjud ekani sabab ham ushbu mahsulotdan tiyilish tavsiya qilinadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?