23:15 / 11.01.2021
4 392

Miyadan ketmaydigan fikrlar yoki psixasteniya

Miyadan ketmaydigan fikrlar yoki psixasteniya
Nevrozning bu turi qadimdan ma’lum bo‘lib, bu kasallik psixasteniya deb ham atalgan. Psixasteniya atamasini fransuz olimi Per Jane taklif qilgan va miyadan ketmaydigan fikrlar bu kasallikning asosiy belgisi ekanligini aytgan.

Miyadan ketmaydigan fikrlar nevrozning bir turi hisoblanib, doimiy shubhalar, qo‘rquv, miyaga azob beruvchi tasavvur va g‘oyalar, turli harakatlar va intilishlar unga xos belgilardir. Bemor bu xayollarning barchasidan qutulishga harakat qiladi, davo choralarini izlaydi, lekin bu urinishlar ko‘pincha zoye ketadi, uni miyaga o‘rnashib qolgan fikrlar qiynayveradi.

Miyadan ketmaydigan fikrlarning doimiyligi, takrorlanuvchanligi va ulardan qutulishning o‘ta qiyinligi bemorni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Bu holatlarga bemor tanqidiy nuqtai nazar bilan qaraydi, ularning asosli emasligini, g‘alati ekanligini tushunadi, ularga bardosh berishga intiladi, lekin fikrlar uning irodasi va xohishiga bog‘liq bo‘lmagan holda paydo bo‘laveradi. Bularning ichida fobiyalar alohida o‘rin kasb etadi.

Davosi qanday? Bunday bemorlarni “Asab va ruhiyat” sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi shifokorlar, ya’ni tibbiy psixolog, neyropsixolog va psixiatrlar maxsus dastur asosida davolashadi. Davolash muddati bir necha oylarga cho‘zilishi haqida bemor va uning yaqinlari ogohlantiriladi.

Zarifboy Ibodullayevning
“Asab va ruhiyat” kitobidan olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Miyadan ketmaydigan fikrlar yoki psixasteniya