21:13 / 15.01.2021
930

Ruhiyatga bilinarsiz tarzda salbiy ta’sir o‘tkazuvchi 5 odat

Ruhiyatga bilinarsiz tarzda salbiy ta’sir o‘tkazuvchi 5 odat
Foto: «Segodnya»
Ruhan sog‘lomlik – inson tanasining eng muhim va ajralmas qismidir. Uning shakllanishi hamda sog‘lom saqlash uchun tashqi omillarga qarshi turish qobiliyati − stress, depressiya, samarali mehnat, jamiyatdagi uyg‘un hayot va xotrijamlikni o‘z ichiga oladi. Aslida ruhiy salomatlik baxtli hayotning asosidir. Quyida ruhshunos Viktoriya Parxomchuk ruhiyatga salbiy ta’sir o‘tkazadigan odatlarni ma’lum qildi.

Ruhiy salomatlik darajasi turli xil psixologik, ijtimoiy va biologik omillar bilan belgilanadi. Ruhiyatga ta’sir etuvchi masalaning tashqi tomonlari ishdagi og‘ir sharoitlar, moliyaviy qiyinchilik, ijtimoiy ajralish yoki shaxsiy tajribalarda ham bo‘lishi mumkin.

Salbiy fikrlar

Foto: «Xitrosti jizni»
Odamlar sodir bo‘layotgan voqealar uchun yomon ssenariy tuzishga harakat qiladi va eng birinchi ana shu holatga o‘zlarini tayyorlaydi. Shuningdek, shaxs o‘zi tasdiqlagan narsalarga ishonib qoladi. Masalan, «men buni qila olmayman», «qo‘limdan kelmaydi» kabi. Bunday xulq-atvor tizmi nafaqat imkoniyatni cheklaydi, balki qadr-qimmatni ham pasaytiradi, hayot tarzi sifatiga ta’sir qiladi.

Boshqalarning fikri bilan yashash
Hammaga bir xilda yoqish mumkin emas, lekin barcha ham bu haqiqatni anglamaydi. Shuning uchun ham tashqi tomondan bildirilgan fikrlar shaxsiy hayotiga ta’sir qilishiga imkon beriladi. Masalan, taniqli insonlarning ijtimoiy tarmoqlardagi hayotiga asolanib, yuqoridagi hodisani tasavvur qilish mumkin. Har qanday holatda ham foydali ish qilinsa, jamiyat rivojiga hissa qo‘shilsa ham norozilikni ifoda etuvchi kishilar topiladi. Ushbu keskin fikrlar rivojlanish, harakat va oldinga intilishni sekinlashtiradi, ba’zida o‘sish uchun ham imkon bermaydi. Shuni anglash kerakki, vakolatga ega hamda ishonchli bo‘lgan insonlargagina quloq tutish kerak.

Gadjetlarga qaramlik

Foto: Marie Claire
Avvalo, har qanday qaramlik ruhiyatga tahdid soladi. XXI asrda ma’lum bo‘lgan yana bir qaramlik – bu smartfonlar. U nafaqat aloqada bo‘lishni, balki ilova ochish, yangiliklarni tomosha qilish, surat joylashtirish, tanimagan insonlar bilan muloqot qilish va yana bir qancha vaqtni o‘g‘irlovchi odatlarni o‘z ichiga oladi. Eng asosiysi, u inson ruhiyatiga katta zarar yetkazadi. Insonning hayot kechirish tamoyilini zaharlaydi va baxtsiz qiladi.

Ichki norozilik hissi
Ko‘pchilikda tashqi ko‘rinish, boshliq, do‘sti, qarindosh, ijtimoiy mavqega nisbatan ichki norozlik hisi mavjud. Berilgan ne’matlarni qadrlay olmaslik, odatdagi narsalardan zavqlanmaslik ham baxtsiz odam sindromini rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Natijada ushbu surunkali norozlik tuyg‘usi har qanday ruhiy kasallikni keltirib chiqaradi.

Hasad

Foto: Marie Claire
Hasad eng yomon tuyg‘u bo‘lib, u ruhiyatni hamda ijtimoiy aloqalarning ham buzilishiga olib keladi. Boshqa odamlarning yutuqlarini doimiy tarzda tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy tuyg‘ular nafaqat qalbni, balki butun organizmni zaharlaydi. Shuning uchun hayotdan norozi bo‘lgan odamlar ko‘pincha jismoniy kasalliklarga, bosim bilan bog‘liq muammolarga, shuningdek, asab va ovqat hazm qilish tizimida kamchiliklarga duch keladi.

Yuqoridagi odatlar bilan shaxsiy hayot va ruhiy salomatlikning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, mavjud haqiqatni qabul qilish, istak va maqsadlarga intilishni unutmaslik kerak.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)