Ohangaronda Cobalt daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi (video)

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Cobalt avtomobili yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, YTH 24 noyabr kuni soat taxminan 18:00 da Ohangaron tumani «Yangihayot» MFY hududidan o‘tgan A-373 «Toshkent — Olmaliq» avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan R.S. boshqaruvidagi Cobalt avtomobilida harakatlanib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada avtomobil yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi va 1994 yilda tug‘ilgan ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi — transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida odamlar o‘limiga sabab bo‘lish holati bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Hodisaning barcha tafsilotlari va kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…