13:25 / 16.01.2021
1 836

Ijtimoiy tarmoqlarda kamroq vaqt o‘tkazishga yordam beradigan 9 tavsiya

Ijtimoiy tarmoqlarda kamroq vaqt o‘tkazishga yordam beradigan 9 tavsiya
Foto: Elle
Albatta, TikTok, Instagram, Facebook’dagi yangiliklar lentasini ko‘rib chiqish uchun 24 soat ham kamlik qiladi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda yaqinlar bilan aloqada bo‘lish ham qolib ketmasligi kerak. Lekin bularning qay biri muhim sanaladi? Ularga kamroq vaqt sarflashning imkoni bormi?

Ekrandagi dasturlarning joylashishini o‘zgartirish
Ko‘pincha insonlarda o‘zi sezmagan holda o‘rganib qolgan dasturlarga kirish hollari uchrab turadi. Instagram’ni tajriba sifatida o‘chirish esa ikki hafta davomida barmoq ilova bo‘lgan bo‘shagan joyga bosiladi. Ba’zan telefondan ma’lum maqsadda foydalaniladi, ammo oxir-oqibat ijtimoiy tarmoqlarning tuzog‘iga tushib qolish holatlari kuzatiladi.

Buning uchun barcha dasturlar uzoqroq ekranga joylashtirilishi kerak. Undan yaxshisi esa ularni bir faylga joylash kerak. Shundagina ijtimoiy tarmoq dasturlariga tasodifan kirib qolish ehtimoli shunchalik kamayadi.

Bildirishnomalarni o‘chirish
Joylashtirilgan post kimgadir yoqqani yoki boshqa birov yangi post joylagani muhim emas. Ogohlantirishlar ham e’tiborni chalg‘itish va telefonga bog‘lanish uchun mo‘ljallangan. Ijtimoiy tarmoqlar talab qilganda emas, bu aynan siz uchun kerak bo‘lganda bildirishnomalarni ochish kerak. Agar chindan ham muhim bildirishnoma bo‘lsa, balki buni qo‘ng‘iroq orqali amalga oshirishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda qancha vaqt sarflayotgandan xabardor bo‘lish
Bunda boshlangan vaqtni aniqlash zarur. Agar telefon ekranida foydalanish vaqtini kuzatish imkoni bo‘lsa, statistikani tekshirish mumkin. Balki bir necha soat hech kimni qo‘rqitmasligi mumkin. Ammo o‘rtacha qiymat bo‘yicha ko‘rsatkichni 52 haftaga ko‘paytirish — endi har qanday insonni hayratga solishi tabiiy. Tasavvur qilib ko‘rish kerak, hafta hattoki oylab vaqtini telefon bilan o‘tkazish holatlari kuzatiladi. Albatta, foydali ishlar bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar ham bundan joy olgan. Ushbu sarflangan behuda soatlarni boshqa bir foydali ish bilan o‘tkazish bilan hayotni qanchalar yaxshilash mumkin-a?!

Foto: Elle
Buning uchun ham qaysi dasturda ko‘p vaqt sarflanayotganini tahlil qilish lozim. Ular aniqlangach, ekran vaqtini chegaralash tavsiya etiladi. Birinchi qadamda, taxminan, yarim soatga qisqartirishga harakat qilish kerak. Birdaniga ko‘p miqdorda cheklashning ham iloji yo‘q, chunki buning uddasidan chiqish juda ham ko‘p kuch talab etadi.

Ovozsiz yoki obunani bekor qilish tugmasidan foydalanish
Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlarda mavjud bo‘sh profil hisoblangan obunachilarni o‘chirib tashlash kerak. Ular foydali bo‘lmasligi bilan birga, vaqtni ham o‘g‘irlaydi. Demak, faqatgina ilhom bag‘ishlab, xursand qiladigan obunachilar bo‘lsa yetarli. Kuzatuvchilar qancha kam bo‘lsa, ijtimoiy tarmoqlarda vaqt shuncha kam sarflanadi.

Ertalab soat 9 gacha telefonni tekshirmaslik
Ko‘plab ofis ishchilarining jadvali ertalab soat 9 gacha telefonga tegmaslikka imkon beradi. Ammo ertalabdan qo‘lga tushgan telefon orqali internet olamiga sho‘ng‘ib ketish esa bir necha soatlik shirin uyqudan ham mahrum etadi. Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlarni faqatgina soat 9 dan keyingina ochish tavsiya etiladi. Uyg‘ongandan so‘ng 60 daqiqa kutish, bu vaqtda jurnallar o‘qish, pardoz ishlarini amalga oshirishga bemalol ulgurish mumkin.

Telefonni boshqa xonada qoldirish
Ayniqsa, dam olish kunlari telefonni boshqa xonada qoldirishga harakat qilish zarur. Agar qo‘l bo‘shligi juda yomon ta’sir qilsa, bunday vaqtda kitob mutolaasini boshlash kerak. Shuningdek, sayr qilishga ham telefonsiz chiqish tavsiya etiladi. Atrofni tomosha qilish, tabiat ovozini tinglash, insonlar orasidagi munosabatlarni kuzatish batamom inson ongining dam olishiga yordam beradi.

Do‘stlar bilan uchrashuvda telefon ishlatmaslik

Foto: Elle
Ucharshuvlarda avtomatik tarzda qo‘l telefon tomonga boradi va hamsuhbat tomonidan aytilayotgan hikoya esa deyarli eshitilmaydi. Bu har qanday inson uchun hurmatsizlik hisoblanishi tabiiy. Buning yechimi ham bor, shunchaki uchrashuv vaqtida kim qo‘l telefoniga birinchi qarasa, to‘lovni amalga oshirish sharti qo‘yiladi. Qarabsizki, ham pulni tejash, ham vaqtni maroqli o‘tkazish mumkin.

Hamfikr insonni topish
Agar ushbu qurilmaga qaramlilikdan voz kechish qiyin bo‘lsa, buning yana bir yechimi mavjud. Buning uchun inson xuddi o‘ziga o‘xshash hamfikr odamni topishi kerak. Shundagina ikki insonning bir ishni amalga oshirishga kuchi yetishi mumkin. Bu bir-birini nazorat qilish orqali qaramlilikni tugatish uchun yetarli bo‘ladi.

«The Social Dilemma» hujjatli filmini tomosha qilish
Ushbu hujjatli filmda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish natijasida o‘z joniga qasd qilish, ruhiy tushkunlik, xavotir va giyohvandlikka olib keladigan boshqa alomatlar ko‘payganligini ko‘rish mumkin. Shuningdek, nima uchun dastur ishlab chiqaruvchilar o‘z farzandlariga nafaqat ijtimoiy tarmoqlardan, balki gadjetlardan ham foydalanishiga yo‘l qo‘ymasligini tushuntiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ijtimoiy tarmoqlarda kamroq vaqt o‘tkazishga yordam beradigan 9 tavsiya