23:15 / 16.01.2021
3 130

B12 vitamini yetishmasligining ko‘zga tashlanmaydigan belgisi ma’lum bo‘ldi

B12 vitamini yetishmasligining ko‘zga tashlanmaydigan belgisi ma’lum bo‘ldi
Foto: «Nmc.lt»
Quloqdagi muntazam «jiringlash» sog‘liq bilan bog‘liq jiddiy maummolar sabab yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda amerikalik tadqiqotchilar tomonidan e’lon qilingan tadqiqot natijalariga tayanib «Korrespondent.net» xabar berdi.

Olimlarning aniqlashicha, quloqdagi «jiringlash» — tinnitus organizmda B12 vitamini yetmasligidan dalolat beradi, u, shuningdek, koblamin deb ham ataladi. U nerv tizimining ishlashiga javob beradi va eritrotsit va DNK ishlab chiqarilishida ishtirok etadi. Shuningdek, B12 miyelin — nervning himoya qobiqlarini ishlab chiqarishda ham zarur.

Vitamin yetishmasligi nervlar orasidagi aloqaning yomonlashishiga olib keladi, bu esa quloqlarda «jiringlash» paydo bo‘lishiga sababchi. B12 yetishmasligi duduqlanish, qo‘l va oyoqlarning uvushib qolishi, mushaklar kuchsizligi va reflekslar yo‘qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.

B12 vitamini asosan hayvon mahsulotlarida bo‘ladi — buyrak, mol go‘shti, qo‘y go‘shti, tuxum va kurka go‘shtida. Uning organizmda paydo bo‘lishi uchun, shuningdek, sut, pishloq, baliq, krevetka va midiylarni ham iste’mol qilib tursh kerak.

Tinnitus (lotincha tinnītus «jiringlash»dan) — tashqi tovush manbayi yo‘qligida bir yoki ikkala quloqda tovushni sezish. Ushbu hissiyot asosan quloqlarda jiringlash kabi tasvirlanadi, ammo tovushlar, shuningdek, shovqin, g‘uvillash, bosish yoki jiringlash kabi bo‘lishi mumkin. Quloqlarda shovqin yoki jiringlash kuchli, zaif yoki o‘rtacha, turg‘un yoki uzluksiz bo‘lishi mumkin. Tinnitusni idrok qilish individualdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » B12 vitamini yetishmasligining ko‘zga tashlanmaydigan belgisi ma’lum bo‘ldi