Foto: Freepik
Yosh ko‘rinishni uzoq vaqt saqlash, erta qarishning oldini olish uchun qanday turmush kechirish va undagi odatlarning ahamiyati katta, deb yozadi "Daryo" nashri.
Muhtojlardan yordamingizni ayamang
100 ming ayol ishtirok etgan tadqiqotda aniqlanishicha, volontyorlik loyihalarida ko‘ngilli bo‘lib ishtirok etgan yoki muhtojlarga yordam bergan kishilarda boshqalarga nisbatan erta o‘lim xavfi 14 foizga kamaygan.
Qiziqarli va katta maqsadlarni ko‘zlang
Chikagoning Rash universiteti mutaxassislari 1200 dan ortiq keksa kishilar ishtirok etgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, yashashdan maqsadi bor kishilar boshqalarga nisbatan uzoqroq hayot kechiradi va o‘zini yaxshi his qiladi degan xulosaga kelgan.
D vitamini me’yorda bo‘lishiga e’tibor qarating
12 yil davom etgan va 13 ming nafar erkak-ayol ishtirok etgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, D vitaminining doimiy ravishda yetishmasligi kuzatiladigan insonlarning erta vafot etishi boshqalarga nisbatan 26 foizga ko‘proq. Shu sababdan ham shifokorlar ushbu vitaminga boy mahsulotlarni iste’mol qilish bilan birga har kuni 15 daqiqa quyosh nuridan bahra olishni tavsiya qiladi.
Sayr qiling
Tez-tez qadam tashlab yurilgan 15 daqiqalik sayr ham yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi, yurak-qon tomirda muammolar kelib chiqishini oldini oladi, yoshartiradi. Sayrga yolg‘iz emas, yaqin insonlar bilan chiqish esa kishi o‘zini yaxshi his qilishi va miya faoliyati yaxshilanishiga ham hissa qo‘shadi.
Qizil go‘shtni kamroq iste’mol qiling
545 ming ayol va erkak ishtirok etgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, qizil go‘shtni muntazam iste’mol qilish erta o‘lim xavfini 30 foizga oshirishi aniqlangan. Bunga ushbu mahsulotning yo‘g‘on ichak saratoni va yurak kasalliklarini keltirib chiqarishi sabab bo‘ladi.
Qiziqarli sport o‘yinlari bilan shug‘ullaning
Tennis, badminton, voleybol va boshqa guruh bo‘lib o‘ynaladigan faol o‘yinlar yoshlikni saqlashning eng yaxshi yo‘li. Sport jismoniy salomatlik uchun muhim, yaqinlar bilan muloqot qilish esa miyaning kognitiv vazifasi, uning psixologik salomatligi uchun foydali. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Filippinda amaldor prezident va rafiqasini o‘ldirish uchun qotil yolladi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Maksim Shatskix "Istiqlol"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
Xalqaro moliya bozori sharhi...
Italiyadagi xushmanzara qishloq Tramp boshqaruvidan norozi amerikaliklarga 1 dollardan uy taklif qilmoqda