15:55 / 30.01.2021
2 575

Bosh nimaga og‘riydi va qachon qon tahlili topshirish kerak?

Bosh nimaga og‘riydi va qachon qon tahlili topshirish kerak?
Foto: Freepik
Mutaxassislar bosh og‘rig‘i muntazam ravishda bezovta qilganda qondagi gomotsistein miqdorini tekshirtirish kerakligini ma’lum qiladi. Qon plazmasining aminokislotasi bo‘lgan gomotsistein odam organizmida ishlab chiqariladi.

Uning miqdori ko‘payganda migren singari takrorlanadigan ammo simptomsiz og‘riq kuzatiladi. Bu vaqtda odam boshida qandaydir zo‘riqish borligini tushunmaydi yoki his qilmaydi, lekin o‘zini tutishida o‘zgarish kuzatiladi va jizzaki bo‘lib qoladi. Shifokorlar ayniqsa, homilador ayollar uchun gomotsistein miqdori oshishi xavfli ekanini aytadi. Bu miqdorning 17-19 gacha ko‘tarilishi turli asoratlar, jumladan, prezklampsiya, homilaning xavf ostida bo‘lishi va nevrologik muammolarga olib keladi.

Shu sabab ham homilador ayollarga gomotsisteinga qon tahlili va genetik tahlil topshirish aytiladi. Gomotsistein miqdorining ko‘payganidan farzandli bo‘la olmaydigan ayollarda turli muammolar: bosh og‘rig‘i , qon bosimining susayishi kuzatiladi.

Shuningdek, anemiya, artrit, alsgeymer kasalligi, osteopoz, ateroskleroz va hatto, shizofreniya rivojlanishi ham gipergomotsistein bilan bog‘liqligi aytiladi. Uning oshishi, shuningdek, oshqozonda muammolar va insultga ham olib kelishi mumkin.

Nimaning hisobiga qondagi miqdori ko‘payadi?
Asosan metabolizmda muammo kuzatilishi, aksariyat hollarda buyraklar faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq. Chekish, qahva va spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish, ko‘p o‘tirib ishlash va autoimmun kasalliklar ham gipergomotsisteinemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Qolaversa, B guruhi vitaminlarining yetishmasligi ham sabab bo‘ladi.

Kelib chiqish sabablari turli ekani tufayli bir preparatning o‘zi bilan muammoga yechim topib bo‘lmaydi. Uni davolash uchun aniq sababini bilish lozim. Gomotsistenning oshishi genetik tekshiruv o‘tkazish kerakligiga ham ishora qilishi mumkin.

Paylarning bo‘shashi, suyaklarning mo‘rtlashishi, ko‘rish qobiliyatining susayishi va doimiy jizzakilik unga xos simptom sanaladi.

O‘smirlik paytida gomotsistenuriya oshganda bosh og‘rishi va jizzakilikdan tashqari depressiya va psixoz xurujlari kuzatiladi. Bu vaqtda muammoni bartaraf qilish uchun qondagi gomotsistein miqdorini kamaytirish va me’yorda ushlash kerak bo‘ladi. O‘zingizda gomotsistinurin borligini bilganingizdan keyin farzandingizni ham tekshirib ko‘rishni unutmaslik kerak.

Hayot darajasini qanday qilib yaxshilash mumkin?
Metabolizm hamda gomotsisteindagi muammo gen bilan bog‘liq bo‘ladigan bo‘lsa uni davolab bo‘lmaydi. Boshqa holatlarda esa shifokorlar organizmdagi muammo aynan qaysi vitamin bilan bog‘liqligiga qarab davo chorasini yozib beradi. Shuningdek, sport va raqs bilan shug‘ullanmaslik tavsiya qilinadi. Jismoniy zo‘riqish salbiy ta’sir qilgani sabab ortiqcha harakatlanmaslik kerak.

Go‘sht oqsillaridan cheklanish kerak bo‘ladi. Go‘sht, baliq, tvorog, tuxum, pishloq kabi mahsulotlardan tiyilish kerak. O‘simlik oqsillariga boy mahsulotlar esa aksincha, zarur hisoblanadi. No‘xat, loviya, soya mahsulotlari parhezdagi odam uchun voz kechilgan go‘sht o‘rnini bosadi va kishi o‘zini yaxshi his qilishiga hissa qo‘shadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bosh nimaga og‘riydi va qachon qon tahlili topshirish kerak?