07:33 / 10.02.2021
2 461

Xushta’m va foydali: Nima uchun ko‘k choy ichish kerak?

Xushta’m va foydali: Nima uchun ko‘k choy ichish kerak?
Foto: Freepik
Kelib chiqishi Xitoy bilan bog‘liq bo‘lgan ushbu tetiklashtiruvchi ichimlikdan davolash va kosmetik maqsadlarda samarali foydalanib kelinadi. Ayrim mamlakatlarda taomlarga ham qo‘shiladigan ko‘k choy ta’mi va ifori sabab kayfiyatni ko‘tarish xususiyatiga ega.

Tafakkur uchun foydasi
Kofeinning koni bo‘lgan ko‘k choy yurak qon-tomir tizimiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Tarkibidagi L-teanin aminokislotasi esa tinchlantirish va xavotirni yo‘q qilish xususiyatiga ega. Shuningdek, Alsgeymer va Parkinson kasalliklarining oldini oladi.

Salomatlik uchun foydali
Mazkur ichimlik metabolizmni tezlashtiradi, yog‘larni eritadi va energiyaga boy bo‘lishni ta’minlaydi. Undagi polifenol miqdori yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, qarishni sekinlashtiradi, immunitetni mustahkamlaydi, qolaversa, onkologik kasalliklarning oldini oladi.

Go‘zallik uchun foydasi
Kuniga 1-2 stakan ko‘k choy ichish organizmdagi suv almashinuvini jadallashtirgani sabab ham terida ijobiy o‘zgarish kuzatiladi: teri taranglashadi, husnbuzarlar yo‘qoladi. Bundan tashqari, B va E vitaminlari kollagen ishlab chiqarilishini tezlashtiradi, erta ajin tushishi hamda erta qarish jarayonlarining oldini oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xushta’m va foydali: Nima uchun ko‘k choy ichish kerak?