Foto: Getty Images
Aksariyat hollarda energiyaga ega bo‘lish uchun me’yoridan ortiqcha oziq-ovqat iste’mol qilinadi. Afsuski, bu organizm uchun foydali emas. Sababi aynan shu orqali ortiqcha vazn, teri kasalliklari va sog‘liqdagi muammolar paydo bo‘ladi. Agar tana 24 soat davomida och qoldirilsa, ta’sir kuchi aksincha bo‘lishi mumkin.
Sutkalik och yurishning foydalari
Tongni qahva, shirinlik va chipslar bilan boshlash, shuningdek, tushlik uchun yarim tayyor ovqatlar, kechki ovqat uchun esa hazmi qiyin bo‘lgan taomlar sog‘liq uchun foydalidek ko‘rinadi. Natijada sehrlangandek tanada ortiqcha yog‘lar to‘planib, salomatlikda bir qancha muammolar kelib chiqadi. Ko‘pchilik och qolishdan qo‘rqadi, ammo organizmning qaysidir a’zosi uchun zararli bo‘lgan dorixonadagi dori vositalaridan qo‘rqmaydi.
Ammo tanani 24 soatga och qoldirish muammolarga sabab bo‘ladigan dori vositalarga qaraganda ancha tezroq va arzonroqqa davolaydi. Bundan tashqari, AQSH va Yaponiyada o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, qisqa muddatli och qolish hujayralarning yangilanishiga yordam beradi. Shuning uchun tez-tez o‘zini oziq-ovqatdan cheklaydiganlar yosh ko‘rinadi va boshqalarga nisbatan uzoq umr ko‘radi.
Rostdan ham ochlik muolajasi kerakmi?
Bunga ehtiyoj bor yoki yo‘qligini hal etish uchun bir necha savollarga javob berish kerak.
- Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish kerakmi?
- Shirin, yog‘li, dudlangan taomlarni iste’mol qilish yoqadimi?
- Ovqatga to‘yib olmasdan oldin dasturxondan turish holati kuzatiladimi?
- Me’yoridan ortiq ovqatlanish hisi mavjudmi?
- Tez-tez spirtli ichimlik ichish holati kuzatiladimi?
- Ovqat hazm qilish bilan bog‘liq muammo bormi?
Agar yuqoridagi savollarning 2-3 tasiga «ha» deb javob berilgan bo‘lsa, tana uchun 24 soat och yurish foydali bo‘lish mumkin.
Foto: «Domashniy ochag»
Qoidalari:
- Bir kun mobaynida och yurishni boshlashdan avval qandli diabet, gastrit, oshqozon yarasi kabi xavfli kasalliklari mavjud bemorlar shifokor bilan maslahatlashishi zarur.
- Buning uchun avval ikki kun tayyorgarlik ko‘rish kerak. Birinchi kun ratsiondan go‘sht, spirtli ichimliklar, yog‘li va shirin taomlarni chiqarish kerak. Bir kun mobaynida faqatgina ko‘kat, donli mahsulot va sabzavot, mevalar iste’mol qilish kerak.
- 24 soatlik och yurish odatda kechasi boshlanadi. Shundan so‘ng 24 soat davomida ovqatlanmaslik va cheksiz miqdorda suv ichish kerak.
- Qulay kunni tanlash tavsiya etiladi. Ba’zilar uchun hafta oxiri qulay bo‘lsa, boshqalar uchun ish kunida och qolish oson tuyiladi. Chunki kundalik ishlar chalg‘itadi va o‘zni cheklash ancha oson bo‘ladi.
- Agar tanada juda kuchli zaiflik sezila boshlasa, suvga bir choy qoshiq asal solib ichish tavsiya etiladi.
- Tanani ortiqcha qiynamaslik uchun ko‘p jismoniy yoki aqliy mehnatni talab etadigan kunlarda och qolish muolajasini o‘tkazish tavsiya etilmaydi.
24 soat davomida och qolishdan qanday qilib zarar ko‘rmaslik mumkin?
24 soatlik ochlikdan so‘ng ortiqcha muammo tug‘dirmaslik uchun ertasi kuni ham ba’zi cheklovlarga rioya qilish kerak. Kechki payt bir piyola giyohli choy hamda yengil ovqatlar, 30-40 daqiqadan so‘ng meva va sabzavot sharbatidan iste’mol qilish mumkin. Nonushtaga suvda pishirilgan jo‘xori uni, keyingi kungi nonushtaga olma salati va sabzi iste’mol qilish kerak. Keyin ochlik his qilingan vaqtdan boshlab oz-ozdan taom tanovul qilinadi. Asosan dimlangan sabzavotlar, guruch va mevalar qabul qilish kerak. Ertasi kundan asta-sekin odatdagidek ovqatga o‘tish mumkin, shunda ham oz-ozdan ovqatlanishga harakat qilish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Isroillik ravvinning o‘limida O‘zbekiston fuqarolari gumonlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
Ilon Mask rekord darajada boyib bormoqda
Gvardiola hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagandi