21:13 / 27.02.2021
3 600

60 soniyada uxlatadi: Uyqusizlikdan qiynalayotganlar uchun «4-7-8» usuli

60 soniyada uxlatadi: Uyqusizlikdan qiynalayotganlar uchun «4-7-8» usuli
Foto: «Shutterstock»
Arizona shtati universiteti (AQSH) xodimi, integrativ tibbiyot bo‘yicha mutaxassis Endryu Vayl 60 soniya ichida uxlab qolishning oddiy va samarali usulini tavsiya qildi. Buning uchun «4-7-8» usulidan foydalaning, dedi u.

«Erkin nafas olish» deb ham ataluvchi ushbu texnikaga muvofiq, siz to‘rt soniya davomida burun orqali sekin nafas olishingiz kerak, so‘ngra yetti soniya nafasingizni ushlab turing va sakkiz soniya davomida tekis chiqaring. To uxlamaguncha, bu ketma-ketlikni takrorlayverish kerak ekan. Vaylga ishonadigan bo‘lsak, uch marta takrorlashning o‘zi yetarli, endi gap buni sinab ko‘rishda.

Vayl ta’kidlashicha, hind yogalari ham meditatsiya paytida ritmik va chuqur nafas olish mashqlarini bajarishadi. Bu nafaqat uyqusizlik, shuningdek, stressdan qutulishda ham ko‘maklasharkan.

«Yarim tunda uyqungiz qochib ketganida, yana uyquga qaytish uchun bu eng yaxshi usul», — qo‘shimcha qildi Endryu Vayl.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 60 soniyada uxlatadi: Uyqusizlikdan qiynalayotganlar uchun «4-7-8» usuli