13:00 / 01.03.2021
3 507

Olimlar o‘lim xavfi ehtimolligini 25 foizga qisqartirishga qodir mahsulot nomini ma’lum qildi

Olimlar o‘lim xavfi ehtimolligini 25 foizga qisqartirishga qodir mahsulot nomini ma’lum qildi
Foto: Getty Images
Amerika kardiologiya assotsiatsiyasi olimlari kundalik hayotda iste’mol qilish, o‘lim xavfi ehtimolini 25 foizga qisqartirishi mumkin bo‘lgan mahsulot nomini ma’lum qildi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Mutaxassislarning aniqlashicha, chili qalampirini muntazam iste’mol qilish yurak qon-tomir kasalliklari yoki saraton oqibatida yuzaga keladigan o‘lim xavfini 25 foizga qisqartiradi.

570 mingdan ortiq insonning sog‘lig‘iga oid ma’lumotlarni o‘rganib chiqqan tibbiyot xodimlari o‘zining ovqat ratsioniga ushbu mahsulotni qo‘shganlarda yurak qon-tomir kasalliklari oqibatida yuzaga keladigan o‘lim xavfi — 26 foizga, saratondan esa 23 foizga kamligiga oid xulosaga kelgan.

Olimlar chili qalampirining bunday xususiyatini undagi kapsaitsin alkoloidi mavjudligi bilan izohlagan. U yallig‘lanishga qarshi, antioksidant va saratonga qarshi xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, u qondagi glyukoza darajasini boshqara oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar o‘lim xavfi ehtimolligini 25 foizga qisqartirishga qodir mahsulot nomini ma’lum qildi