14:22 / 02.03.2021
1 469

Uydagi foydasidan zarari ko‘proq bo‘lgan narsalar

Uydagi foydasidan zarari ko‘proq bo‘lgan narsalar
Foto: Getty Images
Uydagi jihoz va buyumlar insonlar og‘irini yengil qilib, yumushlarni osonlashtirishga hissa qo‘shadi. Ammo ayrim siz hayolingizga ham keltirmagan narsalar bakteriya, mikrob va changlar to‘planishiga sabab bo‘lishi bu esa salomatlik qolaversa, o‘zingizni yomon his qilishingizga ta’sir qilishi mumkin.

Idish yuvadigan gubka
Bilib qo‘ying: siz oshxonada foydalanadigan gubka mikroblar yig‘ilishi va ko‘payishi uchun eng yaxshi muhit hisoblanadi. Shu sababdan ham uni har haftada yangilab turish joizligini unutmaslik kerak. Yo‘qsa, yuvilgan idish, stol yuzasi va oshxonaning boshqa yerlarida mikrob ko‘payishiga sharoit yaratib bergan bo‘lasiz.

Yostiq
Inson hayotining uchdan bir qismini uxlash bilan o‘tkazadi. Shu sabab ham uyquning maromda bo‘lishi va bu borada choyshab va jildlarning ahvoliga e’tibor qaratish kerak. Yostiqlarni har ikki yilda yangilab turish kerak. Unga to‘plangan chang va bakteriyalar nafaqat yuzda turli toshmalar toshishi, balki salomatlikda ham muammolar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Mochalka
Namlik hisobiga ham dastmolqovoq mochalkada bakteriyalar quruq oshxonadagi muhitdan ko‘ra ko‘proq tarqaladi. Shuning uchun ham bunday mochalkani har ikki oyda almashtirib turish kerak.

Mahsulotlar saqlanadigan plastik konteyner
Yormalarni saqlash uchun qulay bo‘lgani va ishlab chiqaruvchilar tomonidan zararsiz ekani ta’kidlaganiga qaramay, bunday idishlarda bisfenol A va ftalat – odamning gormonal fonini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan moddalar mavjud bo‘ladi. Shu sabab ham ulardan foydalanmaslik, BPA-free yozuviga e’tibor qaratish hamda idishlarning shishali variantini xarid qilish tavsiya qilinadi.

Suv filtri
Vaqtida o‘zgartirilmasa suvni tozalash uchun foydalaniladigan filtr o‘z vazifasini bajarmay qo‘yadi. Shuning uchun ham filtrni har olti oyda yangilash va bee’tibor bo‘lmaslik kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Uydagi foydasidan zarari ko‘proq bo‘lgan narsalar