21:40 / 12.03.2021
3 376

Uyqu yomonlashishiga olib keluvchi 6 odat (foto)

Uyqu yomonlashishiga olib keluvchi 6 odat (foto)
Yaxshi uxlash uchun yagona qoida mavjud emas. Biroq mutaxassislar tungi dam olishga nima xalaqit berishi mumkinligini allaqachon aniqlashgan. Bu biz uncha ahamiyat bermaydigan odatlardir. Ulardan qanday qutulish kerakligi haqida to‘xtalamiz.

Qahva ichish

Foto: Getty Images
Kunduzi ichilgan bir finjon qahva yoki choy tungi uyquga ta’sir qilmaydi deb o‘ylasangiz, adashasiz. Chunki kofein ta’siri 6-8 soatni tashkil qiladi. Ko‘pchilik kechasi kunduzi ichilgan qahva ta’siri ostida uxlaydi, ammo uyqu sifati yaxshi bo‘lmaydi.

Mutaxassislar qahva tarkibidagi kofein ta’siri kamida yarmiga kamayishi uchun tushdan keyin qahva ichmaslikni maslahat beradi.

Uxlashdan oldin jismoniy mashq qilish

Foto: Getty Images
Bu odat uxlashni qiyinlashtiradi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, jismoniy mashqlar tanani yuqori tayyorgarlik holatiga keltiradi. Bunday mashqlar gormonlar ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va tana uyqu holatiga qaytishi uchun vaqt talab etiladi. Shuning uchun kamroq intensiv harakatlardan iborat mashqlarni tanlash tavsiya etiladi.

Telefon bilan uxlash

Foto: Getty Images
Mobil qurilmangizni yotog‘ingiz yoniga qo‘yish odati nafaqat uyquga, balki hayot sifatiga ham zarar yetkazadi. Yangiliklarni varaqlash va soatlab sahifalarni tekshirish vasvasani kuchaytiradi. Natijada ertasi kuni quvvat kamayib, kayfiyat tushib ketadi.

Mutaxassislar telefonni uzoqroqqa qo‘yishni, iloji bo‘lsa, yotoqxonada qoldirmaslikni tavsiya qiladi. Buning o‘rniga kitob o‘qishingiz, hikoya yoki musiqa tinglashingiz mumkin.

Kunduzi mizg‘ib olmaslik

Foto: Getty Images
Shifokorlarning fikriga ko‘ra, stress vaqtida organizm qo‘shimcha kortizol ishlab chiqaradi. Shu sababli ham kun davomida biroz mizg‘ib olish organizm uchun ham, ish faoliyati uchun ham yaxshi samara beradi.

Agar tungi uyqu muntazam ravishda behalovat bo‘lsa, kun davomida 10 daqiqa sayr qiling yoki meditatsiya yordamida dam oling.

Kech uxlash va uyg‘onish

Foto: Getty Images
Kun tartibiga amal qilmaslik sog‘liqqa ta’sir qilmay qolmaydi. Kech uxlash uyqu holatiga zarar yetkazishi va sifatini yomonlashtirishi mumkin. Bunday bo‘lmasligi uchun kun tartibingizda bo‘sh vaqtga ham joy qoldiring — bu vaqt dam olish va yotishga tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli bo‘lsin.

Yetarli miqdorda suv ichmaslik

Foto: Getty Images
Tanada suyuqlik yetishmasligi ham uxlashni qiyinlashtiradi. Spirtli ichimlik ichilganda esa organizm suvsizlanib, kishi tunda hojatga borish istagi va kuchli chanqoqdan uyg‘onishi mumkin.

Mutaxassislar kun davomida yetarlicha suyuqlik ichishni va yotishdan kamida uch soat oldin spirtli ichimliklardan saqlanishni maslahat beradi.

Uyqu oldidan boshqa ishlar bilan shug‘ullanish

Foto: Getty Images
Ko‘pchilik uxlash oldidan yotoqxonada ba’zi ishlar bilan shug‘ullanadi — ishlaydi, televizor ko‘radi va hatto kechki ovqat ham yeydi. Bu esa tana va ongning uyquga tayyorlanishiga xalaqit beradi. Yotoqxonaga faqat uxlash uchun kirish lozim.

Buning uchun yotoqxona pardalari yorug‘likni to‘sadigan matodan bo‘lishi lozim. Shu tarzda xonaga tushadigan tabiiy yorug‘likni va bu xonada o‘tkazadigan vaqtingizni cheklashingiz mumkin. Quyosh nurlari uyquni buzadi, qorong‘ilik esa melatonin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Shuning uchun xona qanchalik qorong‘i bo‘lsa, shunchalik tez uyquga ketish va miya dam olishi uchun sharoit yaratiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uyqu yomonlashishiga olib keluvchi 6 odat (foto)