09:00 / 18.03.2021
2 000

Sabzi haqiqatan ham ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydimi?

Sabzi haqiqatan ham ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydimi?
Ko‘pchilik agar ko‘p sabzi yeyilsa, ko‘rish qobiliyatini yaxshilash va hatto qorong‘ulikda ham ko‘rishni o‘rganish mumkin deb hisoblashadi. Bu aslida ham shunday ekanligini o‘rganishga harakat qildik.

Sabzidagi organizm tomonidan A vitamini sifatida qayta ishlanadigan beta-karotin — karotinoid ko‘rish qobiliyati uchun foydali, – deya tushuntiradi Ko‘z milliy instituti (AQSH) tadqiqotchisi Maykl Redmond (Michael Redmond).

Bu vitamin opsinlar va ko‘zning orqa qismidagi tayoqchalarda rodopsin ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Ko‘z qorachig‘i kunduzgi yorug‘likka, rodopsin – xira yorug‘likka ta’sirchan”.

A vitaminining yetishmovchiligi niktalopiya – ko‘rish qobiliyati buzilishining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunda g‘ira-shirada ko‘rish qobiliyati yo‘qoladi.

Shunga qaramay, bu sabzini ko‘p yeyishni anglatmaydi. A vitamini faqat undagina mavjud emas. Masalan, batat, ko‘katlar (ismaloq, jingalak karam)da uning miqdori ko‘proq. Bundan tashqari, sabzi ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi deb kutib o‘tirish yaramaydi. «A vitamini ko‘z uchun foydali, bu mazkur vitamin ko‘rish qobiliyatini butunlay davolaydi degani emas, — deydi Rebekka Teylor (Rebecca Taylor), Amerika oftolmologiya akademiyasi vakili.

Agar ko‘zoynak yoki linza taqadigan bo‘lsangiz, ulardan voz kecha olmaysiz». Yana bir jihati bor. A vitamini yog‘da eriydigan vitamin bo‘lib, u organizmga yog‘ bilan birga tushishi kerak. Ana o‘shandagina u to‘liq o‘zlashtiriladi. Agar sabzi xomligicha yeyilsa, organizm foyda olmaydi.

Rebekka Teylor ko‘z salomatligi uchun ismaloq va jingalak karam, shirin qalampir, bodom hamda sabzidan salat tayyorlashni tavsiya etadi. Bularning bari ko‘z uchun zarur bo‘lgan A, E va C vitaminlarining manbai sanaladi. Agar bunday salat yog‘ bilan aralashtirilsa, A va Ye vitaminlari yaxshi o‘zlashtiriladi. Unga qaynatilgan tuxumlar ham qo‘shish mumkin: ularda foydali karotinoid va yog‘lar bor. Qizil baliqni iste’mol qilishni ham unutmang: unda ham ko‘zlar salomatligi uchun zarur bo‘lgan sink mavjud.

Manba: lifehaq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sabzi haqiqatan ham ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydimi?