Foto: Freepik
D vitaminining yetishmasligi gipertoniya va ikkinchi turdagi qandli diabetning kelib chiqish xavfini 2,5 foizga ko‘paytirish bilan birga, yana bir qancha salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Organizmdagi ayrim simptomlar ushbu muhim vitaminning yetishmasligidan darak beradi. Ularga vaqtida e’tibor berish va shifokorga uchrash orqali esa salomatlik bilan bog‘liq jiddiy o‘zgarishlarning oldini olishga muvaffaq bo‘lish mumkin.
Odatdagidan ko‘proq terlash
Ter ajralishining ko‘payishi yaqqol simptomlardan biri hisoblanadi. Agar ortiqcha jismoniy harakat qilmaganingizda, odatiy holda ham terlayveradigan bo‘lsangiz, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.
Holsizlik va bo‘shashish
Yetarli darajada tiniqib uxlagan taqdirda ham charchash va lohaslikning muntazam ravishda kuzatilishi, D vitamini yetishmayotganidan darak beradi. Kuchsizlanish ham ushbu muammo bilan bog‘liq alomatlardan. Mazkur vitamin yetishmaganda mushaklar bo‘shashi va kuchsizlanishi kuzatiladi.
Depressiya
Ayniqsa, mavsumiy depressiya vitamin yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Olimlar D vitaminining yetishmasligi serotonin va dofamin gormonlarining ajralishiga ta’sir qiladi deb hisoblaydi.
Oyoqda og‘riq
Oyoqlarda to‘satdan og‘riq paydo bo‘lishi ham organizmda D vitamin yetishmayotganidan darak beradi. Agar og‘riq sababsiz bir necha hafta davom etadigan bo‘lsa, mutaxassisga murojaat qiling.
D vitaminini qanday qabul qilish kerak?
Yuqoridagi simptomlarning o‘zi bilan cheklanmasdan, vitamin yetishishi yoki yetishmasligini aniq bilish uchun qon tahlili topshirib ko‘rish kerak. Keyin quyoshdan himoyalovchi kremdan foydalanishni kanda qilmaslik, ratsionga baliq, tuxum, pishloq, qo‘ziqorin, shuningdek, sut, bo‘tqa hamda yogurtni kiritish lozim. Qolaversa, D vitamini tanqisligini qoplash uchun polivitaminlar qabul qilishni ham unutmang. Quyoshda sayr qilish ham bu borada yaxshi samara beradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Germaniya yil oxirigacha Ukrainaga yana ikkita IRIS-T havo mudofaa tizimini yetkazib beradi