Akademik Stanislav Losev tanamizning biologik hayotini boshqaradigan DNK molekulalariga fikr va so‘zlar ta’sir etishi mumkinligiga ishontirmoqda. Losevning aytishicha, u kasalliklardan qanday qilib dori-darmonsiz xalos bo‘lishni va organizmdagi umumiy energiya darajasini oshirishni o‘rgangan.
Siz fikr kuchi yordamida tanani yosh va sog‘lom bo‘lishga majburlashingiz mumkin!
U 76 yoshida o‘zini 40 yoshda bo‘lganidan ko‘ra yaxshiroq his qiladi. Buning barchasi amaliy psixologiya tufayli!
Vujudga fikr va so‘zlar yordamida ta’sir o‘tkazish g‘oyasi, albatta, qiziqarli. Bundan tashqari, Losevning o‘zi hali ham faol hayot tarzini olib boradi va hatto 60 yoshida institutga kirib, fan doktori bo‘ldi. Stanislav Ivanovich odatda 60dan 70 yoshgacha bo‘lgan pensiya yoshini inson hayotida eng samarali deb hisoblaydi. Buni kim ham o‘ylabdi deysiz!
Akademik salomatlik va yoshlik insonning psixologik holatiga bevosita bog‘liqligiga qat’iy ishonadi. Bu shuni anglatadiki, qo‘rquv, tashvish, xafagarchiliklar va kayfiyatni buzadigan munosabatlardan xalos bo‘lib, inson yanada quvnoq, yoshroq bo‘lishi va natijada uzoq umr ko‘rishi mumkin.
Avvalo mantiqdan voz kechish kerak
Akademik Losevning salomatlik va yoshlikni saqlab qolish usuli mantiqsiz deb ataladi. Ya’ni olim mantiqdan voz kechishni va insoniy his-tuyg‘ular vositalaridan foydalanishni taklif qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bizning miyamiz hayotdagi muammolarning atigi 30 foizini hal qilish imkoniyatiga ega. Qolgan 70 foizining yechimi his-tuyg‘ular sohasida yotadi.
– Tasavvur qiling, miya – juda ko‘p qiziqarli dasturlarni o‘z ichiga olgan kompyuter, qalb – siz istagan hamma narsaga ega internet: filmlar, musiqa, ilm-fan, – izohlaydi Losev. – Miyani chetlab o‘tib, hayotda yuzaga kelgan muammolarning asl sababi qayerda yotganini ko‘rsatib berishga qodir inson qalbi biz tasavvur qilganchalik emas.
Barcha muammolar – asabdanmi?
Insonlarning aksariyat muammolari psixologik xususiyatga ega: biz o‘zimizda tashvishlarni, jahl va g‘azabni yig‘ib olamiz va bir muncha vaqt o‘tgach kasallikka yo‘liqib, tanazzulga uchray boshlaymiz. Losev shunga ishonada: agar siz o‘tmishdagi barcha yoqimsiz onlarni eslasangiz va ular bilan ruhan boshqacha tarzda «yashasangiz», negativlik yukidan qutulishingiz va natijada yanada quvnoq va bardam bo‘lishingiz mumkin.
Tiklanishning ikkinchi bosqichi – qo‘rquvlardan xalos bo‘lish. Deyarli har bir inson kasal bo‘lishdan, keksayishdan, yolg‘iz qolishdan qo‘rqadi va yaqinlari hamda do‘stlaridan xavotirlanadi... Bu qo‘rquvlar ham salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
– Dunyo aholisining 80 foizi stressda yashaydi, – deydi Losev. – Ko‘zingizni yuming va savolga javob bering: «Men nimadan qo‘rqaman?». Istalgan javobni yozing va o‘sha so‘z yoki iborani bir soat davomida takrorlang. Bir soat ichida sizning qo‘rquvingiz butunlay yo‘q bo‘lib ketadi.
Bu mashqlar yordamida, siz har kuni o‘zingizda yangi qo‘rquv topishingiz va undan xalos bo‘lishingiz mumkin. Shunday qilib, asta-sekin g‘amginlik, xorg‘inlik va bezovtalik chekinadi.
Stress manbaini bolalik onlaringizdan izlang
Bu ahamiyatsizdek tuyulishi mumkin, lekin aslida shunday bo‘ladi. Ba’zan go‘daklik chog‘imizda bizni aynan nima qo‘rqitgani yoki xafa qilganini eslolmaymiz, lekin ruhiyat hammasini o‘zida saqlab qolgan bo‘ladi. Losev unutilgan bolalik jarohatining natijasi turli kasalliklar va qalb yaralarida namoyon bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi.
Ko‘ngilsiz vaziyatlarni eslash va unga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartirish orqali qalb jarohatidan qutulishingiz mumkin.
Odamlarda tez-tez o‘z ota-onalaridan arazlashlar yig‘ilib qoladi. Oddiy munosabatlarni o‘rnata olmagan kishi munosib pul ham topa olmaydilar... Ammo ota-onangizni chin dildan kechirishingiz kifoya, keyin ulardan kechirim so‘rang, sog‘lig‘ingiz va farovonligingiz darhol yaxshilanadi.
Salbiy parazit so‘zlardan xalos bo‘ling
Odatda biz hayotimizni va sog‘lig‘imizni bir zumda o‘zgartirib yubora oladigan so‘zlarni ichimizda tez-tez takrorlaymiz. Masalan, har kuni o‘zimizcha hazillashamiz: «Men qari va kasal odamman» yoki «Men o‘laman!», «Hamma joyim og‘riydi, hech narsa yordam bermaydi», «Hayot – bu azob!»... Va biz bunday so‘zlar organizmda tiklab bo‘lmas jarayonlarni ishga tushiruvchi dasturlarga aylanishini hatto tasavvur ham qila olmaymiz. Dasturlar hujayra darajasida ishlaydi, hattoki bizning DNK ham og‘zaki so‘zlar bilan reaksiyaga kirishadi. Axir, so‘z nafaqat oddiy harflar to‘plami, balki atrof-muhitdagi tebranishlarni keltirib chiqaradigan to‘lqindir.
Stanislav Losev bunday parazit so‘zlardan xalos bo‘lishni va ularni ijobiy so‘zlar bilan almashtirishni tavsiya qiladi: «Judayam yaxshiman – ham jismonan, ham ruhan!», «Hayotda hamma narsa naqadar ajoyib!», «Otdek sog‘lomman!», «Hayot emas, balki ertak!»... o‘zingiz uchun ijobiy so‘zlarni o‘ylab toping va chiroyli, yosh, baxtli, boy, sog‘lom ekanligingizni takrorlang...
– O‘zining o‘tmishdagi muammolarini topish va hal qilish usulini o‘rgangan inson hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashi va yoshligini uzaytirishi mumkin, – deydi akademik Losev. – Eng asosiysi, haqiqatni yon-atrofdan axtarish emas, balki uni o‘z botiningizda kashf etishdir. Zero, sog‘liq va yoshlik, avvalo, ruhiy holatdir!
Usmonjon Yo‘ldoshev
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turida qanday natijadar qayd etildi?