Foto: Freepik
Sepilgan atir iforining uzoq vaqt turishi uchun uning qimmat bo‘lishi shart emas. Shunchaki mavjud qoidalarga amal qilish kerak.
Atirni dush qabul qilgandan keyin sepish kerak
Dush qabul qilganda terining poralari ochiq hamda yetarlicha namlangani hisobiga atir yaxshi singadi. Aynan shu sabab ham atirni aynan shu vaqtda sepish tavsiya qilinadi.
Terini namlantiring
Atirni quruq teriga sepish eng katta xato hisoblanadi, chunki bu vaqtda ifor yaxshi singmaydi. Aynan shu bois ham atir sepishdan avval terini namlantiradigan losondan foydalanish kerak. Losonning o‘rniga oddiy kremdan foydalansa ham bo‘ladi. Yaxshi namlangan terida atir hidi odatdagidan 2-3 marta uzoqroq turadi.
Vazelindan foydalaning
Vazelindan turli kosmetik maqsadlarda, xususan, atirning uzoq vaqt turishi uchun ham foydalansa bo‘ladi. Uning tarkibidagi yog‘li asos sepilgan atir iforini uzoq vaqt turishiga hissa qo‘shadi. Shu sabab ham yuvinib chiqqandan keyin bo‘yin yoki quloqlarning orqa qismiga vazelin surtib, keyin atir sepish maslahat beriladi.
Sepilgan atirni qo‘l bilan surkash
Atirni bo‘yin yoki boshqa sohaga sepgandan keyin uni qo‘l bilan surkash qiz va ayollar orasida eng ko‘p tarqalgan xato hisoblanadi. Bu iforning tez tarqab ketishiga olib keladi. Atirni 25-30 sm uzoqlikda sepib, o‘zi mustaqil singishiga qo‘yib berish kerak.
Tananing qaysi qismiga sepish kerakligini bilish
Qon tomirlar joylashgani sabab harorati yuqori bo‘ladigan tana qismiga sepilgan atir uzoq vaqt turadi. Bilaklar, quloqlarning orqa qismi, chakka hamda tirsaklarning ichki qismi shular jumlasidan.
Sochlar haqida unutmang
Sochlar iforlarni o‘zida ushlab qolish xususiyatiga ega ekanligi sabab ham atir sepayotganda buni yodda tutish tavsiya qilinadi.
Uzoq turadigan kompozitsiyalarga e’tibor qaratish
Atirning uzoq turishi nafaqat to‘g‘ri sepish, balki uning tarkibidagi komponentlarga ham bog‘liq. Gul, dengiz va meva hidli iforlar tez tarqaydi, mushk, yog‘och iforlari esa aksincha. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Yevropa superklubi O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisi transferi bo‘yicha ish boshladi