13:30 / 29.04.2021
2 387

Bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaruvchi 5 sabab


Foto: Freepik
Havo o‘zgarishi, uyquning yomonligidan tashqari, boshqa sabablar ham bosh og‘rining kuzatilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Organizmning suvsizlanishi
Organizmda suyuqlik yetishmasligi bosh og‘rig‘iga olib keladigan eng ko‘p tarqalgan sabab hisoblanadi. Qon tomirlardagi qon hajmining kamayishi arterial qon bosimining tushishiga olib keladi. Aynan shu sabab ham suv balansiga rioya qilish kerak.

Jismoniy faol bo‘lmaslik
Bir joyda uzoq o‘tirganda qon yaxshi aylanmaydi. Buning hisobiga qon bosimi pasayadi va kishi o‘rnidan turganida chakkalarda og‘riq kuzatiladi.

Ko‘p issiq vanna qabul qilish
Tibbiyot fanlari doktori Shon Tessonning ma’lum qilishicha, bu kabi muolajalar qon tomirlarning kengayishiga quyosh nurlaridan kam bo‘lmagan ta’sir ko‘rsatadi. Gap shundaki, tana o‘zining tabiiy haroratini tiklashi uchun ko‘proq ishlashiga to‘g‘ri keladi va natijada miyada qon avvalgidan ham ko‘proq bo‘ladi. Aynan shu sabab ham vanna qabul qilganda suv harorati haddan ortiq issiq bo‘lmasligiga e’tibor qaratish kerak.

Homiladorlik
Homilador ayollarning 80 foizi bosh og‘rig‘idan aziyat chekadi. Gap shundaki, homiladorlik vaqtida qon tananing bachadon qismida ko‘p bo‘lgani hisobiga miyada yaxshi aylanmaydi. Bunday vaqtda iloji boricha qo‘qqisdan harakat qilmaslik, ehtiyot bo‘lish kerak.

Qondagi qand miqdorining oshishi
Miya energiya ajratishi uchun organizmdagi boshqa hujayralarga nisbatan glyukoza va uni to‘ldirib turish kerak. Og‘riq peshona va boshning ustki qismida kuzatilib, ammo puls urgani singari kechmasligi zaxirani qoplash kerakligidan darak berishi mumkin. Shunga qaramay, shirinliklarga mukkasidan ketmaslik, me’yorni bilish kerak. Qondagi qand miqdori maromida bo‘lishi uchun ikki-uch soatda murakkab uglevodlarni ichiga oladigan mahsulotlar – donli mahsulotlar, yashil sabzavotlar iste’mol qiling.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaruvchi 5 sabab