Terlash tashvishlanishga sabab bo‘la oladimi?

1 daqiqa o'qish3.2K
Terlash tashvishlanishga sabab bo‘la oladimi?
Foto: Woman’s Day.ru
Ter ajralishi tabiiy, ammo har doim ham yoqimli bo‘lmagan fiziologik jarayon hisoblanadi. Terlash orqali organizm o‘zining haroratini me’yorga keltiradi. Masalan, issiq va trenirovka vaqtida ter ajralishi orqali tana soviydi. Ammo ayrim vaqtlarda terlash salomatlikda muammo borligidan darak berishi mumkin.

Tanadan sovuq ter ajralishi tashvishlanishga sabab bo‘la oladi. Terapevt shifokor Lyudmila Lapaning ma’lum qilishicha, muzdek ter ajralishi o‘pkalardagi yallig‘lanish jarayoni yoki surunkali kasalliklarning zo‘rayishidan darak berishi mumkin. Bee’tibor bo‘lmaslik, harorat o‘zgarganida esa shifokorga murojaat qilish kerak.

Sovuq terning haddan ko‘p ajralishi viruslarning organizmga hujum qilganining belgisi ham bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda ham yuqorida ta’kidlanganidek, shifokorga borishni kechga qoldirmaslik kerak.

«Terlash endokrin tizimi bilan bog‘liq ekani sabab bunga befarq bo‘lmaslik kerak. Taxikardiya (yurakning tez urishi) kuzatilganda ko‘pchilik kardiologga murojaat qiladi, ammo bu ko‘proq endokrinologik muammo hisoblanadi», — deydi Lyudmila.

Organizm o‘zida qandaydir muammo borligi haqida turli simptomlar orqali xabar beradi va shu sabab ham istalgan o‘zgarishni inkor qilmaslik, e’tibor berish tavsiya qilinadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?