G‘aybulla Tursunov Raqobat qo‘mitasi xulosasiga e’tiroz bildirdi: “Reklamalarimizni oxirigacha ko‘rishmagan” (video)

1 daqiqa o'qish16
G‘aybulla Tursunov Raqobat qo‘mitasi xulosasiga e’tiroz bildirdi: “Reklamalarimizni oxirigacha ko‘rishmagan” (video)

Xonanda G‘aybulla Tursunov Raqobat qo‘mitasining ayrim san’atkorlar konsertlari reklamasida qonunchilik talablariga rioya etilmagani haqidagi xabariga munosabat bildirdi. Uning aytishicha, qo‘mita vakillari reklama bannerlarini oxirigacha ko‘rmasdan xulosa chiqargan.

Avvalroq Raqobat qo‘mitasi bir qator san’atkorlarning Instagram sahifalarida joylashtirilgan konsert reklamalarini o‘rganib, ularda ijro shakli — jonli ijro yoki fonogrammadan foydalanilishi ko‘rsatilmaganini ma’lum qilgan edi. Ro‘yxatdan Lolita, Ani Lorak, Mayot, Nikolay Fomenko, Izzat Shukurov, “Ummon” guruhi, Rayhon G‘aniyeva va G‘aybulla Tursunov o‘rin olgan.

Mazkur xabardan so‘ng G‘aybulla Tursunov ham o‘z fikrlarini bildirdi. Xonanda nashrlarga bergan intervyusida konsert reklamalari va monitorlardagi e’lonlarda jonli ijro bo‘lishi haqida yozilganini ta’kidladi.

“Bizning reklamalarimizda, hamma joyda, hatto monitorlarda ham "jonli ijro" deb yozib qo‘yilgan. Ular bizning reklamamizni oxirigacha ko‘rmasdan turib tahlil qilishgan va ommaga jonli ijro ekani ko‘rsatilmagan, degan xabarni chiqarishgan.

Meni konsertimga kelib ko‘rgan bo‘lsangiz, har bir qo‘shig‘imda imkon qadar mikrofonni tomoshabinlarga ham tutganman. Bu ham jonli ijro bo‘lganining isboti. Bu kimning xatosi ekanini bilmadim. Agar o‘sha inson konsertga kelgan bo‘lsa, o‘z xatti-harakatidan pushaymon bo‘lgan, deb o‘ylayman”, — dedi xonanda.

Eslatib o‘tamiz, Raqobat qo‘mitasi konsertlar reklamasida ijro shakli aniq ko‘rsatilishi lozimligini bildirgan. G‘aybulla Tursunov esa o‘z reklamalarida bu ma’lumot mavjud bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?