Foto: Marie Claire
Yaqin vaqtlar ichidan to‘g‘ri ovqatlanish mutaxassislari zanjabilning afzalliklari haqida tez-tez takrorlamoqda. Xo‘sh, ushbu mahsulot organizmga qanday ta’sir o‘tkazadi va uning foydalari nimadan iborat?
Zanjabil nafaqat ta’mi bilan, balki tana uchun foydali hisoblangan xususiyatlari bilan ham mashhur. Shuningdek, saraton kasalligining rivojlanish xavfini kamaytirish, immunitetni mustahkamlash, ovqat hazm jarayonini normallashtirish kabi dorivor sifatlarga ham ega.
Saraton xavfini kamaytiradi
Tadqiqotlar shuni isbotladiki, zanjabil mahsulotning o‘tkir ta’mi uchun mas’ul bo‘lgan gingerol moddasini o‘z ichiga olgan holda saraton kasalligini rivojlanish ehtimolini kamaytirishga yordam beradi. Tadqiqotlar olib borishda davom etilayotgan bo‘lsa-da, shunisi aniqki, zanjabilni tez-tez iste’mol qilish zarur.
Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi
Foto: Marie Claire
Zanjabil ovqat hazm qilish tizimiga ham ijobiy ta’sir o‘tkazib, ichaklar yallig‘lanishining oldini oladi. Bundan tashqari ko‘ngil aynishini kamaytirishga yordam ham beradi, chunki u tabiiy antibiotikdir.
Og‘riqni kamaytiradi
Olimlarning fikricha, 11 kun davomida 2 grammdan zanjabilni qabul qilgan insonlar mushaklardagi og‘riqni sezilarli darajada kamayganini ma’lum qildi. Mahsulotning boy tarkibi tufayli tabiiy og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida ham foydalanish mumkin.
Qonda shakar miqdorini me’yorlashtiradi
2015 yilda olib borilgan tadqiqotda qandli diabetning ikkinchi toifasiga chalingan 41 bemor kuniga 2 grammdan zanjabil iste’mol qilgach, qondagi shakar miqdori 12 foizga kamaygan. Garchi mutaxassislar zanjabilning foydalarini isbotlashda hali ham davom etayotgan bo‘lsa-da, dastlabki natijalar qondagi shakarga ta’sirini ko‘rsatdi. Ilm-fan zanjabilni qandli diabet uchun yaxshiroq foyda berishidan umid qilmoqda.
Foto: Marie Claire
Alsgeymer kasalligidan himoya qiladi
Alsgeymer bugungi kunda ko‘pchilik duch keladigan eng dahshatli kasalliklardan biridir. Ushbu kasallikning davosi ham hanuzgacha topilmagan. Surunkali yallig‘lanish va stress kasallikning qo‘zg‘atuvchisi deb hisoblanmoqda, ammo ba’zi hayvonlarda olib borilgan tekshiruvlar shuni ko‘rstadiki, zanjabil mazkur jarayonlarni sekinlashtirishi mumkin.
Vaznni kamaytiradi
Dunyo bo‘ylab odamlar imkon qadar ozishga harakat qilmoqda. Zanjabilni iste’mol qilish esa vaznni kamaytirishga yordam beradi. Chunki u metabolizmni rag‘batlantiradi va hamisha to‘qlik hissini beradi.
Foto: Marie Claire
Shuni yodda tutish kerakki, har qanday mahsulot singari zanjabil ham qarshi ko‘rsatmalarga ega. Shuning uchun uni gastrit, oshqozon yarasi, oshqozon-ichak trakti, jigar, yurak qon-tizimi kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar iste’mol qilmasligi kerak. Bundan tashqari, zanjabilni homiladorlik va emizikli davrda iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Agar yuqorida sanab o‘tilgan bir necha kasalliklardan biri bo‘lsa ham, zanjabil iste’mol qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashish zarur. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Yevropa superklubi O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisi transferi bo‘yicha ish boshladi