18:50 / 07.05.2021
2 191

Migrendan butunlay qutulish uchun nima qilish kerak?


Foto: «Domashniy ochag»
Bosh og‘rig‘ining muntazam ravishda kuzatilishi kishini asabiy va agressiv qilib qo‘yadi. Og‘riqni to‘xtamasligi va o‘tib ketmasligi ruhiy holatga ham ta’sir qiladi. Migrenni davolash va undan xalos bo‘lish uchun shifokor ko‘rsatmasiga binoan dori qabul qilishdan tashqari kundalik odat va iste’mol mahsulotlariga ham e’tiborli bo‘lish kerak.

Kuzating va yozib boring
Turli omillar: hid, ta’m, ovoz va hatto ranglar ham migren bezovta qiladigan kishilarda og‘riq qo‘zg‘ashiga sabab bo‘ladi. Aynan shu sabab ham shifokorlar migren kundaligi tutish migrendan avval hamda qilgan ishlaringiz, iste’mol qilgan mahsulotlaringizni qayd qilishni tavsiya qiladi. Bir necha oydan keyin migren paydo bo‘lish sababini bilib olasiz.

Kun tartibiga rioya qiling
Migren bezovta qiladigan kishilarning miyasi atrof muhit — tashqi yoki ichki o‘zgarishlarga sezuvchan bo‘lib qoladi. Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, o‘z vaqtida ovqatlanilsa va ishlab, o‘qilsa, og‘riq qo‘zg‘ashi ham kam kuzatiladi.

Vitaminlar qabul qilishni unutmang
Eng avvalo shifokor ko‘rigidan o‘tib, tahlil topshirish kerak, ammo turli tadqiqotlarda magniy, B2 vitamini va Q10 koenzim singari qo‘shimchalar ba’zi bemorlarda migren paydo bo‘lishining oldini olishi aniqlangan.

Sport bilan shug‘ullaning
Tadqiqotlarda yugurish, suzish, raqs tushish va velosiped haydash singari sport turlari bilan shug‘ullanish og‘riq qo‘zg‘ashi chastotasi va og‘irlik darajasini kamaytirishi aniqlangan. Buning uchun hafta davomida uch marta sport bilan shug‘ullanish kifoya. Faqat mashg‘ulot qilganda och bo‘lmaslik va suv balansiga rioya qilish kerak. Qand miqdorining kamligi yoki organizmning suvsizlanishi migren kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Kofeindan tiyiling
Kofein bosh og‘rishiga olib keladigan eng ko‘p tarqalgan sabablardan biri sanaladi. Uning ta’siri oqibatida hatto ochmagan bo‘lsangiz ham migren kuzatilishi mumkin. Shu sabab ham me’yorni bilish va kun davomida ikki yuz millilitrdan ko‘p qahva ichmaslik kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Migrendan butunlay qutulish uchun nima qilish kerak?