14:24 / 09.06.2021
4 579

Yurak xurujida birinchi yordam: inson o‘ziga va yaqinlariga yordam berishi uchun nima qilish kerak?


Foto: Getty Images
Yurak xuruji, infarkt va yurak-qon tomir tizimining boshqa kasalliklari hali ham o‘limning eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Shifokorlar agar bemor xurujdan keyingi birinchi soat ichida kerakli yordamni olsa, omon qolish ehtimoli uch baravar yuqori bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Shu sababli, yurak xuruji va infarkt alomatlarini, shuningdek, birinchi yordam ko‘rsatish qoidalarini bilish har qanday inson uchun muhimdir. Ehtimol, kasallik paytida to‘g‘ri yo‘l tutish bir insonning  hayotini saqlab qolishi mumkin.

Yurak xuruji belgilari
Shuni esda tutish kerakki, yurak xurujining belgilari juda keng tarqalgan. Ammo ko‘plab bemorlar, ayniqsa, ayollar o‘ziga xos alomatlarga ega bo‘lib, ularni e’tiborsiz qoldirmaslik muhimdir. Har qanday to‘satdan og‘riqlar, ayniqsa, ko‘krak qafasi, qorinning yuqori qismidagi og‘riq ko‘pincha gastrit yoki oshqozon yarasi kasalligi xuruji bilan adashtiriladi, bo‘yin va hatto jag‘da joylashgan bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish muhimdir.
Yurak xurujining eng keng tarqalgan belgilari:
  • to‘satdan zaiflik yoki bosh aylanishi;
  • dam olishdan keyin ham ketmaydigan kuchli ko‘krak og‘rig‘i;
  • qorin bo‘shlig‘idagi noqulaylik (oshqozonni bezovtalik hissi egallashi mumkin);
  • nafas qisishi;
  • qo‘rquv;
  • och, kulrang, xira teri;
  • tez, zaif va tartibsiz yurak urishi;
  • hushidan ketsa.
Yurak xurujida birinchi yordam
Agar hushidan ketmagan bo‘lsa:
  • Yurakka yaqin kiyimlar biroz yengillashtiriladi. Bemor iloji boricha qulay holatga keltirladi, divan yoki stulga o‘tirishi mumkin. Bosh va yelkalar qulay joylashganiga e’tibor berish kerak. Tizzalar esa bukib olinadi. Shuningdek, bo‘yin, ko‘krak va bel atrofidagi kiyimlarni bo‘shatiladi.
  • Zudlik bilan tez yordam chaqiriladi, shifokorlarni kutish davomida bemor atrofida odamlarning to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Hayajonni kuchaytirmaslik uchun odamlar qancha kam bo‘lsa, shuncha yaxshi.
  • Agar bemor yurak uchun dori-darmonlarni qabul qilsa, berish tavsiya etiladi. Bemor bilan suhbatlashish, uni tinchlantirish, shifokor hozir kelib yordam berishini aytish juda muhim. Yurak xurujining alomatlaridan biri bu kuchli qo‘rquv va halokat hissi, bemorni shu tuyg‘u bilan qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
  • Shifokorni kutish paytida bemorga 300 mg dozada “Aspirin” tabletkasini berish mumkin. Bemor dorini yutmasdan, asta-sekin chaynashi uni qon oqimiga yaxshiroq va tezroq singishi uchun foydalidir. “Aspirin” tromblarni parchalashga yordam beradi va yurak xuruji paytida mushaklarning shikastlanishini kamaytiradi.
  • Bemorning ahvolini doimiy ravishda kuzatib borish, uning tomir urishini, nafas olishiga e’tibor berish – bularning barchasi bemor va shifokorga yordam beradi.
Agar bemor behush bo‘lsa:
  • Nafas olish yo‘llari, ko‘krak qafasidagi, bo‘yin va beldagi kiyimlarni bo‘shatish lozim.
  • Nafas olishini tekshirish va agar kerak bo‘lsa, sun’iy nafas berishga tayyor bo‘lish kerak.
  • Tez yordam chaqirishni unutmaslik zarur.
  • Bemor atrofida begona odamlar to‘planmasligiga harakat qilish, uning pulsi va nafas olishini nazorat qilish juda ham muhim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yurak xurujida birinchi yordam: inson o‘ziga va yaqinlariga yordam berishi uchun nima qilish kerak?